Ashurmatov Muzaffar Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishning ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P983.
Ilmiy rahbar: Mirashirova Nargiza Anvarovna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich psixologiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Lochinbek Urinovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish va mazkur faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holati tashkiliy (qadriyatlar, irodaviy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish va adaptatsion sohalari) komponentlarining o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishida, axloqiy-ruhiy holati – harbiy xizmatchi (harbiy jamoa)larning har qanday vaziyatda minimal psixogen talafotlar bilan o‘z oldiga qo‘yilgan jangovar (jangovar-xizmat, o‘quv-jangovar) vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga shayligi ko‘rsatkichi ekanligi dalillangan;
harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini psixologik baholashda ishonchlilik, axloqiy normativlik, nevrotizm, beixtiyor agressivlik, depressivlik, reaktiv agressivlik, hissiy beqarorlik kabi jihatlarini psixodiagnostika qilish orqali “Axloqiy-ruhiy holatni baholash” metodikasi ishlab chiqilgan;
harbiy xizmatchilarning maqsadli va vositali qadriyatlar namoyon bo‘lishini mustahkamlashda irodaviy sifatlar, xulq-atvorini boshqarish uslubini rivojlantirish va adekvat moslashuvchanlik asosida axloqiy-ruhiy holatni barqarorlashtirishni ta’minlashdagi ahamiyati dalillangan;
harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishning ijtimoiy-psixologik omillarining ifodalanishiga ko‘ra, ularda axloqiy-ruhiy va qadriyatlarni irodaviy sifatlar va o‘zini-o‘zi boshqarish bilan o‘zaro adaptivligi orqali harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirish modeli va ijtimoiy-psixologik trening dasturini ishlab chiqish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishning ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq etish asosida:
harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holati tashkiliy (qadriyatlar, irodaviy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish va adaptatsion sohalari) komponentlarining o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishida, axloqiy-ruhiy holati – harbiy xizmatchi (harbiy jamoa)larning har qanday vaziyatda minimal psixogen talafotlar bilan o‘z oldiga qo‘yilgan jangovar (jangovar-xizmat, o‘quv-jangovar) vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga shayligi ko‘rsatkichi ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM270-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM270a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni qayta tayyorlash kursi ishlarida axloqiy-ruhiy holatni baholash bo‘yicha faoliyatlari samaradorligini oshirishga yordam bergan.
harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini psixologik baholashda ishonchlilik, axloqiy normativlik, nevrotizm, beixtiyor agressivlik, depressivlik, reaktiv agressivlik, hissiy beqarorlik kabi jihatlarini psixodiagnostika qilish orqali “Axloqiy-ruhiy holatni baholash” metodikasi ishlab chiqishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM270-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28- noyabrdagi PM270a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarining axloqiy-ruhiy holat komponentlarini mazmunini tahlil qilish bilan bog‘liq faoliyat samaradorligi oshirilgan.
harbiy xizmatchilarning maqsadli va vositali qadriyatlar namoyon bo‘lishini mustahkamlashda irodaviy sifatlar, xulq-atvorini boshqarish uslubini rivojlantirish va adekvat moslashuvchanlik asosida axloqiy-ruhiy holatni barqarorlashtirishni ta’minlashdagi ahamiyati dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM270-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28- noyabrdagi PM270a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarining axloqiy-ruhiy holatni baholash bo‘yicha faoliyatlari samaradorligini oshirishga yordam berilgan.
harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishning ijtimoiy-psixologik omillarining ifodalanishiga ko‘ra, ularda axloqiy-ruhiy va qadriyatlarni irodaviy sifatlar va o‘zini-o‘zi boshqarish bilan o‘zaro adaptivligi orqali harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirish modeli va ijtimoiy-psixologik treninglar kompleks dasturini ishlab chiqish zarurati dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM270-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28- noyabrdagi PM270a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarining axloqiy-ruhiy holatni barqarorlashtirish bilan bog‘liq faoliyatlari samaradorligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish