Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Internet tarmog‘ida shaxs kommunikativ xulq-atvorining ijtimoiy psixologik xususiyatlari », 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P874.
Ilmiy rahbar: Shaumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muxiddinova Dilnoza Shavkat qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: internet tarmog‘ida shaxs kommunikativ xulq-atvorini belgilab beruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni empirik tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internet tarmog‘ida shaxs kommunikativ xulq-atvori ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, veb-sahifalardagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish orqali subekt rivojlanishi, onlayn muhokamalarda fikr bildirish, o‘z shaxsni yashirish imkoniyatiga ega bo‘lishi tufayli, talabalar virtual makonni ijobiy sifatda idrok etishi dalillangan.
shaxs xususiyatlarining internetdagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan kognitiv buzilishlarga ta’siri natijasida, turli fikrlarga hissiyotga berilmasdan munosabatda bo‘lish, vaziyatni tahlil qilish jarayonlarining kommunikativ xulq-atvorga manfiy bog‘lanishi tufayli talabalarda vazminlik sifatlarining «dixotomik fikrlash», «halokatlashtirish», «yorliqlar «osish» bilan qarama-qarshi ta’sirlashuvi asoslangan.
internet makonida shaxs kognitiv buzilishlarining muloqotdagi ustanovka va emotsional holatlarga bog‘liqligiga ko‘ra ichki ziddiyatlarning ko‘p uchrashi, o‘zgalar shaxsiyatiga daxl qilish, o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun deb bilish, atrofdagilarga ijobiyni qadrsizlash munosabatida bo‘lishi natijasida kommunikativ xulq-atvorda «odamlarga nisbatan oshkora rahmsizlik (qattiqlik)», «agressiya» komponentlarining ustuvor ekanligi isbotlangan.
shaxs kommunikativ xulq-atvoriga bog‘liq kognitiv buzilishlarni bartaraf etish uchun virtual olamda ro‘y beradigan voqea-hodisalarga salbiy tus berish, muayyan vaziyatlarning og‘ir oqibatlari haqida fikr yuritish, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh a’zolarining noo‘rin izohlaridan xafa bo‘lish holatlarini ijobiy emotsiyalarga transformatsiyalanishi muhimligi tufayli talabalardagi «halokatlashtirish», «personallashtirish» individual kognitiv munosabatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Internet tarmog‘ida shaxs kommunikativ xulq-atvorining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
internet tarmog‘ida shaxs kommunikativ xulq-atvori ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, veb-sahifalardagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish orqali subekt rivojlanishi, onlayn muhokamalarda fikr bildirish, o‘z shaxsni yashirish imkoniyatiga ega bo‘lishi tufayli, talabalar virtual makonni ijobiy sifatda idrok etishi dalillanganligiga oid ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-248 -sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13- noyabrdagi PM-248-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlarning ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etilishi natijasida onlayn aloqalar yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi shaxsni ilmiy o‘rganish, uning xulq-atvor munosabatlari tizimini xolis tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan;
shaxs xususiyatlarining internetdagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan kognitiv buzilishlarga ta’siri natijasida, turli fikrlarga hissiyotga berilmasdan munosabatda bo‘lish, vaziyatni tahlil qilish jarayonlarining kommunikativ xulq-atvorga manfiy bog‘lanishi tufayli talabalarda vazminlik sifatlarining «dixotomik fikrlash», «halokatlashtirish», «yorliqlar «osish» bilan qarama-qarshi ta’sirlashuvi asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-248-sonli buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13- noyabrdagi PM-248-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs xususiyatlarining internetdagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan kognitiv buzilishlarni oldini olishda milliy qadriyatlar hamda etnopsixologik xususiyatlarning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
internet makonida shaxs kognitiv buzilishlarining muloqotdagi ustanovka va emotsional holatlarga bog‘liqligiga ko‘ra, ichki ziddiyatlarning ko‘p uchrashi, o‘zgalar shaxsiyatiga daxl qilish, o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun deb bilish, atrofdagilarga ijobiyni qadrsizlash munosabatida bo‘lishi natijasida kommunikativ xulq-atvorda «odamlarga nisbatan oshkora rahmsizlik (qattiqlik)», «agressiya» komponentlarining ustuvor ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-248-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13- noyabrdagi PM-248-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual makonda shaxs kognitiv buzilishlarining muloqotdagi ustanovka va emotsional holatlarga bog‘liqligini korreksiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan;
shaxs kommunikativ xulq-atvoriga bog‘liq kognitiv buzilishlarni bartaraf etish uchun virtual olamda ro‘y beradigan voqea-hodisalarga salbiy tus berish, muayyan vaziyatlarning og‘ir oqibatlari haqida fikr yuritish, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh a’zolarining noo‘rin izohlaridan xafa bo‘lish holatlarini ijodiy emotsiyalarga transformatsiyalanishi muhimligi tufayli talabalardagi «halokatlashtirish», «personallashtirish» individual kognitiv munosabatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-248-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13- noyabrdagi PM-248-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs kommunikativ xulq-atvoriga bog‘liq kognitiv buzilishlarni bartaraf etish va individual kognitiv munosabatlarga korreksion-adaptiv ta’sir etishga mo‘ljallangan metodikalarining ilmiy-amaliy ta’minotini oshirishga xizmat qilgan.