ASILOVA Muxayyo Ubaevnaning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014./B2014.5.Tib.403

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda bolalar virusli diareyalari klinikasi, tashxisi va molekulyar-genetik xususiyatlari», 14.00.10 - yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Ilmiy  maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Erkin Isakovich Musabaev, tibbiyot fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.02

Rasmiy opponentlar: MD. PhD, MPH, Professor Andrej Grjibovski, t.f.d. dots.Tadjiev B.M., t.f.d., prof. Vafakulova S.X.

Yetakchi tashkilot: Bolalar yuqumli kasalliklari Rossiya Federatsiyasi ilmiy-tekshirish instituti, Sankt-Peterburg

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani:

Toshkent shahar Olmazor tumani Toshkent tibbiyot kolledjida 2009-2010 yy. Malakali o‘rta tibbiyot xodimlarni tayyorlashda 324 soatli amaliyotga umumiy rahbarlik qilgan va dars o‘tgan (shartnoma 5-sonli 05.10.2009). Toshkent shahar Sog‘likni Saqlash bosh boshqarmasining o‘quv davolash kompleksi 2010-2013 o‘quv yillarida 168 soat xajmidagi ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotiga umumiy rahbarlik qilgan va dars o‘tgan (shartnoma 12-sonli 04.09.2010; shartnoma 2-sonli 07.06.2010). 2009-2013 yy. Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti «Oliy xamshiralik ishi, o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan (jami 216 soat) malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitishga rahbarlik  qilgan xamda ishlab chiqish nazariyasi va amaliyotdan dars o‘tgan» (18.03.2011 y. 48-sonli buyruq; 06.01.2012 y. 36/a-sonli buyruq; 20.05.2013 y. 80-sonli buyruq).

    II. Nashr ishlari.

Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 4 ta milliy ilmiy jurnalda 11 ta ilmiy maqola, 5 ta xorijiy ilmiy jurnalda 6 ta ilmiy maqola nashr qilingan; 1 ta patent olingan.

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 20 ta ma’ruza tezisi dan, 7 tasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2010 Sankt-Peterburg; 2014 Moskva; 2012  Bankok; 2013 Qirg‘iziston; 2014 Toshkent).

v) patent (O‘zR pantenti № DGU 03048, 25.02.2015y).

  III. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir diareyalar tuzilishida virusli diareyalarning uchrashini belgilash, ularning klinik xususiyatlarini o‘rganish, rota-, noroviruslarning molekulyar-genetik tavsifini tuzib chiqish va bolalardagi diareyalarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini aniqlash. Bolalardagi virusli diareyalarni davolashning ilmiy asoslangan, o‘ziga xos usullari va tashxislash algoritmini ishlab chiqish.

   IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi: O‘zbekistonda birinchi marta bolalar o‘rtasida virusli etiologiyaga ega bo‘lgan o‘tkir diareya kasalliklarining uchrash darajasi aniqlangan, bu esa vrachlarning o‘tkir diareya kasalliklarining etiologiyasini aniqlash maqsadidagi izlanishlari optimallashtirilgan;

bolalarda o‘tkir diareya kasalliklarining kelib chiqishida rota-, noro-adeno- va astrovirusli infeksiyalarning hissasi aniqlandi va yosh bolalarning kasallanishida rotaviruslar eng katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;

virusli diareyalarning mavsumiyligi va yil davomida mavsumga qarab, har xil virusli diareya kasalliklari yetakchi o‘rinni almashtirib turishi aniqlangan;

bolalarda diareya kasalliklarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;

ilk marotaba rota-, noro-, adeno- va astrovirusli monoinfeksiyalarning klinik kechishida, bolalarning yoshini hisobga olgan holda, o‘ziga xos hududiy tomonlari aniqlangan;

bolalardagi rota-, noro-, adeno- va astrovirusli diareya kasalliklarining solishtirma tasnifi berilgan va ularning qiyosiy-tashxisiy farqlari aniqlangan;

birinchi bor O‘zbekistonda bolalarda uchraydigan rota- va norovirusli diareyalarning molekulyar-genetik tuzilishi aniqlangan;

virusli diareyalar etkazgan iqtisodiy zarar hisoblab chiqilgan;

bolalardagi virusli diareyalar tashxisining algoritmi ishlab chiqilgan;

ilk bor virusli diareya bilan kasallangan bolalarda virusga qarshi preparat - “Bolalar anaferoni” qo‘llanishining samaradorligi aniqlangan.

    V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:

Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ambulatoriya-poliklinika zvenosida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydigan diareya kasalliklarini tashxis qilish, davolash va profilaktikasi bo‘yicha klinik qo‘llanma”, “Infeksion diareyalar bilan kasallangan bemorlarni davolash” va “Infeksion diareya bemorlarini parvarish qilish” klinik tavsiyanomalar hamda “Regidratatsion tuz ATM” preparati yordamida regidratatsion davolash” axborot-xati sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliginingning 15.03.2012 yildagi №8/70-sonli va 22.09.2011 yildagi №0306-sonli xulosa). Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan 2-Toshkent shaxar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joriy etilgan. Olingan tadqiqot natijalari diareyali bemorlarni diagnostika sifatini yaxshilash, davolash taktikasini optimallashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, shuningdek shifoxonada yotgan kunlari ko‘rsatqichlarini 35% ga kamaytirishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish