Talipova Feruza Tairovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘rta yosh inqirozi davrida shaxs koping-strategiyalari namoyon bo‘lish xususiyatlari», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P975.
Ilmiy rahbar: Qodirov Kamoliddin Botirovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Rasulov Abdumo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta yosh inqirozini engib o‘tishning konstruktiv koping mexanizmlarini aniqlash va o‘rta yosh inqirozini engish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda etuklik davri inqirozining yosh, jins, ma’lumot darajasiga va individual-psixologik xususiyatlari, psixoemotsional holatlariga ko‘ra o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
o‘rta yosh inqirozi kechishiga shaxsning diniy qadriyatlari, hayotdan qoniqqanlik darajasi, baxtga munosabati, nazorat lokusi, oilaviy ahvoli, ma’naviy inqiroz darajasi, ekzistensial vakuumdan zo‘riqish kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
o‘rta yosh inqirozini boshidan kechiruvchilarda koping strategiyalarini tanlash reaktiv va shaxsiy xavotirlanish, nevrotik holatlar, shaxsiy samaradorlik, sub’ektiv baxt va hayotdan qoniqqanlik darajasi kabi shaxs parametrlari orqali amalga oshirilishi isbotlangan;
etuklik davri inqirozini engish strategiyasining shaxsdagi o‘ziga pozitiv munosabat, o‘ziga ishonch, emotsional barqarorlik, o‘zini nazorat qilish, atrofdagilar bilan munosabat, atrofdagilar qo‘llab-quvatlashining mavjudligi kabi paramtrlar bilan aloqadorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘rta yosh inqirozi davrida shaxs koping-strategiyalari namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsda etuklik davri inqirozining yosh, jins, ma’lumot darajasiga va individual-psixologik xususiyatlari, psixoemotsional holat xususiyatlariga ko‘ra xususiyatlari aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-260-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM 260-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda etuklik davri inqirozining yosh, jins, ma’lumot darajasiga va individual-psixologik xususiyatlari, psixoemotsional holatlariga ko‘ra o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
o‘rta yosh inqirozi kechishiga shaxsning dinga bo‘lgan munosabati, hayotdan qoniqqanlik darajasi, baxtga munosabati, nazorat lokusi, oilaviy ahvoli, ma’naviy inqiroz darajasi, ekzistensial vakuumdan zo‘riqish kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-260-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM 260-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta yosh inqirozi kechishiga shaxsning dinga bo‘lgan munosabati , hayotdan qoniqqanlik darajasi, baxtgamunosabati, nazorat lokusi, oilaviy ahvoli, ma’naviyinqiroz darajasi, ekzistensial vakuumdan zo‘riqish kabi omillar ta’sir ko‘rsatishini dalillash imkoniyati yaratilgan.
o‘rta yosh inqirozii boshidan kechiruvchilarda engishning koping strategiyalari tanlash ma’naviy inqiroz namoyon bo‘lish xususiyatlari, hayotdan qoniqish darajasini baholash, reaktiv va shaxsiy xavotirlanish, nevrotik holatlar, shaxsiy samaradorlik, sub’ektiv baxt va hayotdan qoniqqanlik darajasi kabi shaxs parametrlari orqali amalga oshirilishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-260-son buyrug‘i asosida «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM 260-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta yosh inqirozini boshidan kechiruvchilarda koping strategiyalarini tanlash reaktiv va shaxsiyxavotirlanish, nevrotik holatlar, shaxsiy samaradorlik, sub’ektiv baxt va hayotdan qoniqqanlik darajasi kabi shaxs parametrlari orqali amalga oshirilishini isbotlash imkoniyati yaratilgan.
etuklik davri inqirozini engish strategiyasining shaxsdagi o‘ziga pozitiv munosabat, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch, emotsional barqarorlik, o‘zini o‘zi nazorat qilish, atrofdagilar bilan munosabat, atrofdagilar qo‘llab-quvatlashining mavjudligi kabi paramtrlar bilan aloqadorligi aniqlangan ma’lumotlar “Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-260-son buyrug‘i asosida «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM 260-son ma’lumotnomasi). Natijada etuklik davri inqirozini engish strategiyasiningshaxsdagi o‘ziga pozitiv munosabat, o‘ziga ishonch, emotsional barqarorlik, o‘zini nazorat qilish, atrofdagilarbilan munosabat, atrofdagilar qo‘llab-quvatlashining mavjudligi kabi parametrlar bilan aloqadorligini aniqlash imkoniyati yaratilgan.