Ergasheva Rashida Abdug‘anievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” “Trikotaj to‘qima turini bashoratlash asosida ayollar ustki kiyimi dizayn-loyihasini ishlab chiqish tadqiqi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1027
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich Texnika fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Po‘latova Sabohat Usmanovna Texnika fanlari doktori, professor; Shog‘ofurov Shaxboz Shokirjon o‘g‘li Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ikki qatlamli ustki trikotajning optimal variantlarini ishlab chiqarishni bashoratlash hamda, “xomashyo - trikotaj - tayyor kiyim” konsepsiyasi asosida ayollar zamonaviy kiyim eskiz modellarini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iste’molchilar talablari asosida ayollar zamonaviy ustki trikotaj kiyimlarining eskiz model na’munalarini yangi assortimentining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
trikotaj to‘qimasining bo‘yi bo‘yicha cho‘zilishini o‘zgarishiga hajm zichligi va koretka tezligiga ta’sir etuvchi maqbul qiymatlarning matematik modeli ishlab chiqilgan;
eskiz modeli, to‘qimaning hajm zichligi va koretka tezligiga ta’sir etuvchi maqbul qiymatlarni inobatga olgan xolda ayollar zamonaviy kiyimining deformatsion qiymatlari avvaldan bashoratlangan;
ustki trikotaj to‘qimalarining shartli qayishqoq va shartli qoldiq deformatsiya hisobini inobatga olgan holda kiyimning soddalashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj to‘qima turini bashoratlash asosida ayollar ustki kiyim dizayn-loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida: zamonaviy ustki trikotaj eskiz model na’munalari asosida xususiyati bashoratlangan yangi to‘qimadagi naqshli ustki trikotaj assortimentlari ishlab chiqish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Porloq Chust Brendi” MChJ da hamda ikki qatlamli ustki trikotaj to‘qimalarining ijobiy xususiyatlarini bashoratlash hamda, “xomashyo - trikotaj - tayyor kiyim” konsepsiyasi asosida ayollar zamonaviy kiyim eskiz model na’munalarini ishlab chiqish « IDEAL TEKSTIL ORZU» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 18.11.2024№03/25-3111-son ma’lumotnomasi). Natijada fizik-mexanik xususiyatlari va texnologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishi ishlab chiqilgan, soddalashtirilgan konstruksiya asosida ayollar ustki trikotaj kiyim to‘plamlari ishlab chiqilgan, bir yilga ayollar trikotaj kiyimlarini sanoat sharoitida ishlab chiqarib sotishdan (1 dona mahsulot uchun) 16800000 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.