Temirkulova Nargiza Maminjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekin urug‘larini ekadigan seyalka yumshatkichi va ekkichining parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4730.
Ilmiy rahbar: Azizov  Shuxrat Shodievich, q.x.f.f.d., PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Askar Kimsanovich texnika fanlari doktori, professor va Muqimova Davlatxon Karimovna texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: «Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash markazi».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oraliq ekinlar va kuzgi g‘alladan bo‘shagan va ishlov berilmagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekadigan seyalka ekkichining turi va parametrlarini asoslash orqali takroriy ekinlarni ekishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalkaning konstruktiv sxemasi urug‘larni kam energiya sarflyagan holda belgilangan chuqurlikka ekilishini hisobga olib ishlab chiqilgan;
zig-zagsimon diskli yumshatkich hamda qo‘sh yassi diskli ekkich disklarining parametrlari ish jarayonida uchraydigan o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlar poyalari hamda ildizlarini kesib o‘tib ketishi hamda ularga tuproq yopishmasligi shartlaridan kelib chiqib asoslangan;
zig-zagsimon diskli yumshatkich hamda qo‘sh yassi diskli ekkichga beriladigan tik yuklanish ular belgilangan chuqurlikka botib ishlashi shartidan kelib chiqib aniqlangan;
qo‘sh yassi diskli ekkich disklarining diametri va disklar orasidagi burchak va unga beriladigan tik yuklanishning maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekin urug‘larini ekadigan seyalka yumshatkichi va ekkichining parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalkaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabrdagi 05/04-04-534-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan ekkich bilan jihozlangan ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalkaning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Qovunchi Valijon Agro Fayz va Muxtorxo‘ja nabiralari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabrdagi 05/04-04-534-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu seyalka 1,45-1,52 m/s tezlikda harakatlanganda urug‘larni ekilish chuqurligi o‘rtacha 3,8-3,9 cm, urug‘larni ekish aniqligi 92,4-94,3 %, har bir uyadagi urug‘ soni o‘rtacha 1,03-1,05 dona, uyalar orasidagi masofa o‘rtacha 3,7-3,9 cm, ekspluatatsion vaqtdagi ish unumi 1,31-1,38 ha/h, yonilg‘i sarfi 5,4-5,8 kg/ha ni tashkil etdi;
ishlab chiqilgan ekkich bilan jihozlangan ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalkaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabrdagi 05/04-04-534-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan ekkich bilan jihozlangan ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalkani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish