Yunusova Nigina Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda jismoniy reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish” 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” va 14.00.12 – “Tibbiy reabilitologiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib1090.
Ilmiy rahbarlar: Tulyaganova Dildora Karimovna, tibbiyot fanlari doktori; Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Gulchexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raimkulova Narina Robertovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda jismoniy reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan jismoniy reabilitatsiya dasturlarida differensial yondashuvlar kasallikning klinik kechishida, miokardning sistolik funksiyasi, nafas olish funksiyasi, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshishi va hayot sifatining sezilarli yaxshilanishiga yordam berishi isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy mashqlar yordamida kompleks reabilitatsiya samaradorligini aniqlash, KXBSh, ODYuS va XS ko‘rsatkichlarini qayd etish uchun elektron dastur ishlab chiqilgan hamda jismoniy tarbiya mashg‘ulotida nafas olish va yurak-qon tomir tizimlarining holatini baholash va ularning intensivligini sozlash asoslangan;
ilk bor ishemik etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash majmuasida aerob jismoniy mashqlar hamda zamonaviy mexanik innovatsion apparatlar (Motomed) yordamida jismoniy reabilitatsiya dasturi takomillashtirilib, yurak-qon tomir hamda nafas olish tizimlari ko‘rsatkichlarini ishonchli miqdorda yaxshilanishi aniqlangan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari majmuasining ambulator va uy sharoitida bajariladigan davomiyligi va intensivligi bemorlarni ish qobiliyatini va yurak morfofunksional holatini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilk bor ishemik etiologiyali surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash majmuasida aerob jismoniy mashqlar hamda zamonaviy mexanik innovatsion apparatlar (Motomed) yordamida jismoniy reabilitatsiya dasturi takomillashtirilganligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 01.08.2023 yildagi 58-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni reabilitatsiya qilish dasturiga aerob mashqlar bilan Motomed apparatidagi mashqlarni kiritish va ushbu usullardan izchil foydalanish bemorlar funksional holatining klinik va funksional ko‘rsatkichlari dinamikasiga ijobiy ta’sir etdi. Iqtisodiy samaradorlik: davolash taktikasini takomillashtirish orqali erishildi, kasallikning rivojlanishi, kasallanish, nogironlik, qayta kasalxonaga yotqizish tezligini kamaytirish orqali iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam berdi. Xulosa: shifoxonada reabilitatsiya davrida medikamentoz davoga qo‘shimcha qilib aerob mashqlar zamonaviy mexanik innovatsion terapiya yordamida bajarilishi surunkali yurak etishmovchiligi klinik kechishi ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan jismoniy reabilitatsiya dasturlarida differensial yondashuvlar kasallikning klinik kechishida, miokardning sistolik funksiyasi, nafas olish funksiyasi, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshishi va hayot sifatining sezilarli yaxshilanishiga yordam berishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bizning tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, medikamentoz davo bilan bir qatorda aerob jismoniy mashqlardan va ayniqsa zamonaviy mexanik innovatsion apparatlar (Motomed)dan foydalanish, SYuE mavjud bemorlarda, ayniqsa III FSga mansub bemorlarda tashqi nafas funksiyasining sezilarli darajada yaxshilanishiga yordam beradi. Olingan natijalarga ko‘ra, SYuE bilan og‘rigan bemorlar reabilitatsiya tadbirlari majmuasiga aerob mashqlar va zamonaviy mexanik innovatsion apparatlar (Motomed)da mashqlarni kiritish monoterapiyadan ko‘ra samaraliroqdir. Ushbu davo usuli nafaqat bemorlarning klinik holatini yaxshilaydi, jismoniy faoliyatga chidamlilikni va chap qorincha sistolik funksiyasini, tashqi nafas olish funksiyasini ham oshiradi, balki SYuE bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va asosiy kasallikning kuchayishi hamda asoratlarining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: Natijalarni amaliyotga tadbiq qilish surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish va klinik holatini yaxshilash imkonini yaratdi, shuningdek, SYuE bilan og‘rigan bemorlarni davolash usullarini muvofiqlashtirish va hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Xulosa: Surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda differensialashtirilgan reabilitatsiya dasturlari yurak-qon tomir hamda nafas olish tizimlari ko‘rsatkichlarini ishonchli miqdorda yaxshilanishini isbotladi.
uchinchi ilmiy yangilik: Birinchi marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari majmuasining ambulator va uy sharoitida bajariladigan davomiyligi va intensivligi bemorlarni ish qobiliyatini sezarli oshirishiga olib kelishini Toshkent shahar 52-oilaviy poliklinikaning 22.12.2023 yildagi 88-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Natijalar surunkali yurak etishmovchiligini davolash usullarini optimallashtirishga imkon berdi va surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: SYuE bilan og‘rigan bemorlarni davolashda medikamentoz davolash asosida jismoniy mashqlarni uzoq muddat qo‘llash KHBSh, ODYuS, pikfloumetriya va ChQ OF ko‘rsatkichlarining ishonchli miqdorda yaxshilanishiga olib keldi. Davo samaradorligi haftasiga 90 daqiqadan ko‘proq mashq qilgan bemorlarda ishonchli miqdorda yuqori bo‘ldi. Xulosa: Medikamentoz davoga qo‘shimcha qilib mexanik terapiyada bemorlarga aerob mashqlarni davomiyligi va intensivligi individual ravishda jismoniy yuklamaga chidamlilikni sezilarli darajada oshirishga yordam berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy mashqlar yordamida kompleks reabilitatsiya samaradorligini aniqlash, KXBSh, ODYuS va XS ko‘rsatkichlarini qayd etish uchun elektron dastur ishlab chiqilgan hamda jismoniy tarbiya mashg‘ulotida nafas olish va yurak-qon tomir tizimlarining holatini baholash va ularning intensivligini sozlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Birlamchi tibbiy yordam muassasalarida, shuningdek, terapiya va kardiologiya klinikalarida SYuE bilan og‘rigan bemorlarni davolash kompleksiga jismoniy mashqlarni erta joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishildi, bu kasallikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, nogironlikni, qayta shifoxonaga yotishlar sonini, shuningdek ustuvor bo‘lgan patologiyalarni davolashni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Xulosa: Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jismoniy mashqlar bilan reabilitatsiya qilishning samaradorligini baholash uchun EHM dasturi orqali olib borilgan reabilitatsiya dasturlarining samaradorligi aniqlandi.