Ibragimov Ahmad Tulqinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ftorli birikmalarning qoramollar organizmiga toksik ta’siri”, 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V122
Ilmiy rahbar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.B.12.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazov Hakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldashev Soatboy Jiyanbaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tojikiston alyumin zavodi chiqindilari tarkibi va miqdorini aniqlash, ftoridlarni yirik shoxli hayvonlar organizmidagi toksikodinamikasi va toksikokinetikasini o‘rganish, zaharlanishlarni oldini olish hamda davolashning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sariosiyo hududidagi sigirlarning 16 foizi, buzoqlarni 10 foizi Tojikiston alyumin zavodi chiqindisi bo‘lgan ftor bilan zaharlanish holati hamda suvdagi ftorning 1,7 mg/l, havoda vodorod ftoridi 0,11 mg/m3, suvdagi oltingugurt angidridi 0,11 mg/l, fenol 0,008 mg/l, mis 159 mg/l ni tashkil etishi aniqlangan;
natriy ftorid eritmasining oq sichqonlarda o‘tkir zaharlovchi miqdor ko‘rsatkichlari 50 mg/lni, o‘ldiruvchi dozasi esa 450 mg/l ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
ftorli sanoat chiqindisi ta’sirida bo‘lgan sigirlar suti tarkibidagi ftor miqdori 3 mg/kgni tashkil etishi aniqlanib, sutni veterinariya-sanitariya jihatidan ikkinchi navga mansub ekanligi aniqlanib baholangan;
qoramollarni ftoridlar bilan surunkali zaharlanishlarini oldini olishda 2 foizli kalsiy xlorid eritmasi (1 ml/kg), xlorella suspenziyasi (2,5 ml/kg) va faollashgan ko'mirni (0,1 gr/kg) ichirishga asoslangan proflaktik usulining samarasi yuqoriligi aniqlangan;
ftor bilan zaharlangan qoramollarni davolashda 10 foizli kalsiy xlorid eritmasi (0,5 ml/kg vena qon tomiriga), magniy sulfat eritmasi (2,5 ml/kg ichga), vitamin D2 (Ergokalciferol 200000 XB/bosh), gamovit (0,1 ml/kg vena qon tomiriga), xlorella suspenziyasi (2,5 ml/kg ichga), 20 foizli kofein eritmasidan (0,05 ml/kg teri ostiga) yuborishga asoslangan majmuasining samaradorligi yuqoriligi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ftorli birikmalarning qoramollar organizmiga toksik ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Chorva mollarini ftoridlar bilan zaharlanishlarini oldini olish va davolashni takomillashgan usuli bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlntirish qo‘mitasining 2024-yil 30-avgustdagi 02/23-496-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga ftorli birikmalar bilan buzoqlar zaharlanishini oldini olish va sigirlarni davolashda yuqori samaradorlikka erishilgan;
1 yoshgacha bo'lgan buzoqlarni ftorli birikmalar bilan zararlanishini oldini olish maqsadida 3 kun davomida, 3 kun oraliq bilan, 3 marta ichga 2% li kalsiy xlorid eritmasidan (200 ml/boshga), xlorella suspenziyasidan (500 ml/bosh) va faollashgan ko'mirdan (10 gr/bosh) ichirishga asoslangan ftorli intoksikasiyalarni davolash usuli Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hamda Samarqand viloyati sharoitidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlntirish qo‘mitasining 2024-yil 30-avgustdagi 02/23-496-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usuli eng samarali usul ekanligi aniqlanib, har bir buzoq hisobiga o‘rtacha 501076 so‘mdan iqtisodiy samara olish imkonini beradi va bunda harajatlar qoplami 10,38 so‘mni tashkil etgan;
yosh buzoqlarga 50 kunligidan keyin ularga og‘iz orqali 3 kun davomida 3 kun tanaffus bilan jami uch marta ichga har bir boshiga 2% li kalsiy xlorid eritmasidan 200 ml/bosh, xlorella suspenziyasidan 500 ml va faollashgan ko‘mirdan 10 gr/bosh miqdorida berishga asoslangan oldini olish usuli Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani sharoitidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlntirish qo‘mitasining 2024-yil 30-avgustdagi 02/23-496-son ma’lumotnomasi). Ushbu oldini olish usulining samaradorligi yuqori bo‘lib buzoqlarning kunlik tana vaznining o‘sish farqi nazoratga nisbatan 27,13 % ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.