Xolikov Abror Azamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinsiy gormonlarni turli yoshdagi  hayvonlar  organizmiga farmakologik  ta’sir qonuniyatlari”, 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/V29
Ilmiy maslahatchi: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019 V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor; Yatusevich Ivan Antonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldosheva Dilnavoz Xasanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.    
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinsiy gormonal preparatlarni hayvonlarning turli fiziologik holatlarida, qo‘llash sharoitlariga bog‘liq holda, o‘sayotgan hayvonlar organizmiga, hayvonlar qonining ayrim morfologik va biokimyoviy ko‘rsatgichlariga farmakologik ta’sir xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surfagon preparatini turli hayvonlarga har xil dozalarda, turli yo‘llar va interval bilan, qo‘llanishlar soniga qarab farmakologik ta’sir qonuniyatlari aniqlangan;
surfagonni infantil (jinsiy etilmagan) hayvonlar jinsiy organlariga 1 va 2 mkg/bosh dozada qo‘llashning maxsus farmakologik ta’siri ilmiy asoslangan;
surfagonni laboratoriya hayvonlariga ergokalsiferolni 0,1 ml dozada teri ostiga, askorbin kislotasini 0,01 g/kg dozada teri ostiga, folat kislotasini 0,001 g/kg dozada og‘iz orqali birgalikda qo‘llanilgandagi farmakologik ta’siri aniqlangan;
surfagon, proGESteron, estradiol dipropionat preparatlarining laboratoriya hayvonlarining jinsiy a’zolariga ta’siri qiyosiy baholangan;
surfagonni o‘sayotgan hayvonlar organizmining umumiy holatiga, ichki organlarning rivojlanishi va jinsiy a’zolarning holatiga ijobiy ta’siri, tovuqlarda tuxum mahsuldorligini 11-14 foizga, qo‘zilarning tana vaznini 19 foizga ortishini ta’minlashi aniqlangan;
surfagon qo‘llanilgan parrandalar go‘shti veterinariya sanitariya ekspertizasi tekshirishlarida sifatli go‘sht me’yorlariga to‘liq javob berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinsiy gormonlarni turli yoshdagi hayvonlar organizmiga farmakologik ta’sir qonuniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Parrandalarni rivojlanishi va jinsiy etilish davrini tezlashtirish hamda pat qoplamini rivojlanishini oshirishda jinsiy gormonlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan va Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi 02/23-453-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandalarning o‘sishi va rivojlanishi hamda pat qatlamining yaxshilanishiga erishilgan;
parrandalarda 1 mkg surfagon+10 mg proGESteronni birgalikda qo‘llash usuli ishlab chiqilib, Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Mironqul Agrozooveservis ilmiy-amaliy markazi”, Navoiy viloyatining Karmana tumani “KARMANA GOLDEN EGGS” parrandachilik fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi 02/23-453-son ma’lumotnomasi). Natijada tovuqlar muddatidan 11 kun oldin tuxumga kirishi, tuxum mahsuldorligining 11-14 % ga, tuxum qo‘yadigan tovuqlar sonining 50-80% ga oshishiga erishilgan;
qorako‘l qo‘zilarining o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash maqsadida surfagon preparatini 10 kunlik intervalda 3 marta 2,5 mkg/bosh dozada qo‘llash usuli ishlab chiqilib, Navoiy viloyatining Nurota tumani “Istiqlol qorako‘l naslchilik MChJ”, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “G‘uzor qorako‘lchilik” xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi 02/23-453-son ma’lumotnomasi). Bunda qo‘zilar tana vaznining 19 foizga oshishiga erishilgan. Bir bosh qo‘zi hisobiga iqtisodiy samaradorlik 42000 so‘mni, sarflangan 1 so‘m uchun xarajatlar qoplami 4,63 so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish