Nuradilova Aselxan Dilshodxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4526.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakieva Xilola Sapaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muhayyo Abdumuradovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayoniga oid prinsiplar, shakllar, vositalar integrativ xususiyatlarini talabalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirish hamda didaktik ma’lumot bilan ishlash va o‘quv jihozlardan ratsional foydalanishga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, yoshlarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan ijodiy-didaktik materiallar amaliyligini ta’minlash hamda axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan mantiqiy topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bilimlarni kasbiy-shaxsiy faoliyatda izchil qo‘llash hamda o‘qitishning reproduktiv-motivatsion, evristik-faoliyatli va muammoli-refleksiv ta’lim komponentlarini qo‘llashga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;  
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli vaziyatlar pedagogik vaziyatni obektiv baholash, muammolarga echim topish, refleksiv malakalarini tarkib toptirish nutqiy kompetensiya komponentlari integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda muloqot jarayonini mustaqil faollashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayoniga oid prinsiplar, shakllar, vositalar integrativ xususiyatlarini talabalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirish hamda didaktik ma’lumot bilan ishlash va o‘quv jihozlardan ratsional foydalanishga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlashga oid takliflar “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 19-oktyabrdagi 11-05-5986/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, yoshlarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan ijodiy-didaktik materiallar amaliyligini ta’minlash hamda axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan mantiqiy topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 19-oktyabrdagi 11-05-5986/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bilimlarni kasbiy-shaxsiy faoliyatda izchil qo‘llash hamda o‘qitishning reproduktiv-motivatsion, evristik-faoliyatli va muammoli-refleksiv ta’lim komponentlarini qo‘llashga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 19-oktyabrdagi 11-05-5986/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;         
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli vaziyatlar pedagogik vaziyatni obektiv baholash, muammolarga echim topish, refleksiv malakalarini tarkib toptirish nutqiy kompetensiya komponentlari integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda muloqot jarayonini mustaqil faollashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 19-oktyabrdagi 11-05-5986/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning samaradorligini oshirishga erishilgan.         

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish