Aliev Nizomiddin Maxmasaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish metodikasi (falsafa fanlari misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3947.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Samatov Dilshod Toxirjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafa fanlarini o‘qitishda gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari mantiq elementlarini o‘qitishning mazmuniga bosqichma-bosqich kiritib borishga qaratilgan malaka talablarini hisobga olish hamda mavzular va fanlararo integratsiyaga asoslangan nazariy, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik va texnologik didaktik yaxlitligini intensiv ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish samaradorligi fanga oid axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, falsafiy bilimga yo‘nalganlik darajasini oshirish hamda mantiqiy bilimlarni oshirib borish komponentlarini ta’lim maqsadlariga idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarning analitik tafakkurini rivojlantirish modeli o‘quv mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim orqali amalga oshiriladigan pedagogik jarayonning mantiqiy mazmunini kengaytirish hamda kreativ-evristik va faoliyatli yondashuv integrativligini rivojlantirishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning analitik tafakkurini rivojlantirish  metodikasi mantiqiy-analitik kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlarini aniqlashga yo‘naltirilgan mobillik, muloqatchanlik, axborot, falsafiy dunyoqarashni rivojlantirish jarayonini mantiqiy fikrlash traektoriyasiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi boʻyicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari mantiq elementlarini o‘qitishning mazmuniga bosqichma-bosqich kiritib borishga qaratilgan malaka talablarini hisobga olish hamda mavzular va fanlararo integratsiyaga asoslangan nazariy, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik va texnologik didaktik yaxlitligini intensiv ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlar orqali asoslangan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 18-sentyabrdagi 02-07-3408/04-son dalolatnomasi). Natijada gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha elektron ta’lim resursini yaratishga oid tavsiyalar hamda topshiriqlar to‘plami yaratilgan;
gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish samaradorligi fanga oid axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, falsafiy bilimga yo‘nalganlik darajasini oshirish hamda mantiqiy bilimlarni oshirib borish komponentlarini ta’lim maqsadlariga idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar RZ-20|709Z022Z raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqot loyiha doirasida 2020 yilda nashr etilgan “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmi” nomli monografiyaning “Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim muassasalarining imkoniyatlari va pedagogik yo‘nalishlari" nomli 3-bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 18-sentyabrdagi 02-07-3408/04-son dalolatnomasi). Natijada gipotetik-deduktiv metod orqali analitik tafakkurni rivojlantirish bosqichlarini faollashtirishga ustuvorlik berish asosida bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarning analitik tafakkurini rivojlantirish modeli o‘quv mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim orqali amalga oshiriladigan pedagogik jarayonning mantiqiy mazmunini kengaytirish hamda kreativ-evristik va faoliyatli yondashuv integrativligini rivojlantirishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 18-sentyabrdagi 02-07-3408/04-son dalolatnomasi). Natijada gipotetik-deduktiv metod orqali bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan ta’limning hozirgi holati tahlil etilib, o‘qitishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning analitik tafakkurini rivojlantirish  metodikasi mantiqiy-analitik kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlarini aniqlashga yo‘naltirilgan mobillik, muloqatchanlik, axborot, falsafiy dunyoqarashni rivojlantirish jarayonini mantiqiy fikrlash traektoriyasiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 18-sentyabrdagi 02-07-3408/04-son dalolatnomasi). Bo‘lajak pedagoglarda analitik tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan ta’limning hozirgi holatini tizimli tahlil etishga sharoit yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish