Meyliqulova Manzura Abdullaevnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Ped1621.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bshhyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 8-sinf o‘quvchilarida adabiy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari verbal munosabatlar sifatini oshirishga qaratilgan nutqiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, bayon etish uslublari imkoniyatlaridan ratsional foydalanish hamda matnni tahlil qilish komponentlarini tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli ta’limiy-metodik vositalarni  shaxsga yo‘naltirilgan til o‘rganishga oid kommunikativ yondashuvlar mazmuni samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish hamda nutqiy-didaktik, ijodiy-kommunikativ omillarni ta’limiy maqsad talablariga mos tahliliy tavsiflash asosida takomillashtirilgan;
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish metodikasi og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan nostandart va integrativ xarakterdagi topshiriqlarni kiritish hamda erkin muloqot qilishga xizmat qiluvchi matnlarni mustaqil tinglab tushunishga moslashtirilgan o‘quv motivlarini izchil qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘quvchilarning o‘qish, so‘zlash va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishning yaxlit infratuzilmasini o‘rganish hamda og‘zaki va yozma nutqning kommunikativ xususiyatlaridan kelib chiqadigan pedagogik muammolarning pragmatik javobini topishga o‘rgatish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari verbal munosabatlar sifatini oshirishga qaratilgan nutqiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, bayon etish uslublari imkoniyatlaridan ratsional foydalanish hamda matnni tahlil qilish komponentlarini tasniflash asosida aniqlashtirishga oid takliflar «Ona tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 11-05-6944/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, 8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan.   
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli ta’limiy-metodik vositalarni  shaxsga yo‘naltirilgan til o‘rganishga oid kommunikativ yondashuvlar mazmuni samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish hamda nutqiy-didaktik, ijodiy-kommunikativ omillarni ta’limiy maqsad talablariga mos tahliliy tavsiflash asosida takomillashtirishga  oid tavsiyalar «Ona tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 11-05-6944/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish metodikasi og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan nostandart va integrativ xarakterdagi topshiriqlarni kiritish hamda erkin muloqot qilishga xizmat qiluvchi matnlarni mustaqil tinglab tushunishga moslashtirilgan o‘quv motivlarini izchil qaror toptirish asosida takomillashtirishga  oid tavsiyalar «Ona tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 11-05-6944/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, 8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasining samaradorligini takomillashtirishning  didaktik mazmuni boyitilgan.
8-sinf o‘quvchilarida adabiy-nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘quvchilarning o‘qish, so‘zlash va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishning yaxlit infratuzilmasini o‘rganish hamda og‘zaki va yozma nutqning kommunikativ xususiyatlaridan kelib chiqadigan pedagogik muammolarning pragmatik javobini topishga o‘rgatish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Ona tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 11-05-6944/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, tayanch va umumta’lim muassasalari  o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini  rivojlantirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish