Xushboqov Botir Xushboqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8034.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kreativ kompetentlilikning ijtimoiy – pedagogik zaruriyatini asoslash, pedagogik ijod, didaktik ijodkorlik hamda pedagogik kreativ faoliyat mazmunini qiyosiy tavsiflash, pedagogik kreativ faoliyatning shakllanish va rivojlanish bosqichlarining integrativ yaxlitligini ta’minlashning tashkiliy strukturasi asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni aniq vazifalarni echishning nostandart usullarini va o‘z nuqtayi nazarini isbot qilish uchun isbot-dalillar izlash; tanqidiy fikrlashning rivojlanganligi; ichki muvozanatning mavjudligi va ijodiy qarorlarni qabul qilish; nostandart vaziyatlarni yaratish; o‘qitishning muammoli metodini qo‘llash, o‘z faoliyatini refleksiya qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish algoritmi bosqichlari integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda bosqichlarini funksional integratsiyalash, Problem-Based Learning (PBL), WebQuest, Case-study texnologiyalari hamda “Kreativ pedagog” elektron ta’limiy platformasidan foydalanishning ratsional mexanizmlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlari indikatorlarini aniqlashtirish, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy faoliyatga pozitiv munosabatni jadal shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini kreativ kompetentlilikning ijtimoiy – pedagogik zaruriyatini asoslash, pedagogik ijod, didaktik ijodkorlik hamda pedagogik kreativ faoliyat mazmunini qiyosiy tavsiflash, pedagogik kreativ faoliyatning shakllanish va rivojlanish bosqichlarining integrativ yaxlitligini ta’minlashning tashkiliy strukturasi asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 11-05-5461/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonini aniq vazifalarni echishning nostandart usullarini va o‘z nuqtayi nazarini isbot qilish uchun isbot-dalillar izlash; tanqidiy fikrlashning rivojlanganligi; ichki muvozanatning mavjudligi va ijodiy qarorlarni qabul qilish; nostandart vaziyatlarni yaratish; o‘qitishning muammoli metodini qo‘llash; o‘z faoliyatini refleksiya qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 11-05-5461/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modelini kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish algoritmi bosqichlari integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda bosqichlarini funksional integratsiyalash, Problem-Based Learning (PBL), WebQuest, Case-study texnologiyalari hamda “Kreativ pedagog” elektron ta’limiy platformasidan foydalanishning adaptiv mexanizmlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 11-05-5461/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligini motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlari indikatorlarini aniqlashtirish, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy faoliyatga pozitiv munosabatni shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 11-05-5461/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish