Mirsadikov Miradil Abdullaevichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda inkluziv sug‘urtani rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliyaviy, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Azimov Rustam Sadikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida inkluziv sug‘urta faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sug‘urtaning institutsional, texnologik, ijtimoiy xususiyatlari va aholining milliy mentalitetini inobatga olgan holda «Inkluziv sug‘urta» va «mikrosug‘urta» atamalari mazmunini qayta aniqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabrdagi 5-son O‘RQ-730 «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining yangi tahriridagi «Asosiy tushunchalar» 3-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqlol Loyiha Milliy Agentligining 2024 yil 26 iyundagi 710-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Inkluziv sug‘urta» va «mikrosug‘urta» tushunchalarining mazmuni xalqaro talablar bilan moslashtirilgan, inkluziv sug‘urtaning ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyatini to‘g‘ri talqin qilish imkoniyati yaratildi va aholining ushbu tushunchani idrok etishi sodda tarzda tushuntirildi;
inkluziv sug‘urta va mikrosug‘urta bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun xarajatlar miqdorini hisoblangan sug‘urta mukofotining 20 foiziga qadar cheklash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga asoslanib tegishli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqlol Loyiha Milliy Agentligining 2024 yil 26 iyundagi 710-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida inkluziv sug‘urta faoliyati inkluziv sug‘urta va mikrosug‘urta bilan biznes yuritish xarajatlari miqdori bo‘yicha Sug‘urta nazoratchilari xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan talablar bilan moslashtirilgan;
fermer va dehqon xo‘jaliklarining mulkiy manfaatlarini inkluziv tamoyillar asosida sug‘urtalash bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi sug‘urta mahsuloti «SEMURG INSURANCE» AJ qo‘shma korxonasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan («SEMURG INSURANCE» AJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 7 iyundagi RK/1069-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilning birinchi yarim yilligida fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 2023 yilning birinchi yarim yilligida tuzilgan sug‘urta shartnomalari soniga nisbatan 35-40 foizga oshgan va mos ravishda 5,28 milliard so‘m ko‘p sug‘urta mukofoti kelib tushishiga erishilgan;
aholining kam ta’minlangan qatlamini sug‘urta himoyasi bilan qamrab olish maqsadida inkluziv nuqtai nazardan takomillashtirilgan hayotni sug‘urta qilish qoidalari «O‘zbekinvest Hayot sug‘urta kompaniyasi» AJ tomonidan 2024 yil 18 yanvarda tasdiqlangan «Hayotni sug‘urta qilish qoidalari»da o‘z aksini topgan («O‘zbekinvest Hayot sug‘urta kompaniyasi» AJning 2024 yil 15 apreldagi 84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu sug‘urta kompaniyasi doirasida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini sug‘urta himoyasi bilan qamrab olish darajasi 12 foizga va ular bilan tuzilgan inkluziv sug‘urta shartnomalari soni 30 foizga ko‘paygan;
inkluziv sug‘urta shartnomasini tuzish va sug‘urta da’volarini rasmiylashtirish bo‘yicha tranzaksiya xarajatlarini 15 foizga kamaytirish orqali ichki sug‘urta bozori sig‘imini oshirish taklifi O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan sug‘urta bozorida inkluziv sug‘urtani joriy etish va yanada takomillashtirishga qaratilgan uslubiy va normativ hujjatlar hamda chora-tadbirlar dasturlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining 2024 yil 7 iyundagi 54-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi natijasida inkluziv sug‘urta va mikrosug‘urtani joriy etish muddatlari 25-40 foizga qisqargan va sug‘urta portfelining o‘sishi kamida 30-50 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish