Nazarov Qilich Xolmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining investision jozibadorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3262.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otamurodov Hakimjon Homidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining investision jozibadorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari amaliyotida kredit riskini boshqarishda kredit operatsiyalari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini muammoli kreditlarga nisbatan kamida 100 foiz bo‘lishini ta’minlash orqali bankning investision jozibadorligini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarida transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini maksimal 30 foizgacha pasaytirish va standart kreditlarning tasniflangan kreditlar umumiy hajmidagi salmog‘ini 80 foiz bo‘lishini ta’minlash orqali tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari oddiy aksiyalarining kamida 15 foizini va imtiyozli aksiyalarini kamida 10 foiz ulushini xorijiy investorlarga sotish orqali ularning xorijiy valyutalarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan investision moliyalashtirish jarayonlarini takomillashtirish asosida 2028 yilga qadar investision kredit resurslari hamda kreditlar hajmi oshishi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining investision jozibadorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari amaliyotida kredit riskini boshqarishda kredit operatsiyalari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini muammoli kreditlarga nisbatan kamida 100 foiz bo‘lishini ta’minlash orqali bankning investision jozibadorligini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan. («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi 04-16/23386-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki kreditlarining riskka tortilganlik darajasi pasaytirilib ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira shakllantirish orqali uning kredit yuki va boshqa moliyaviy majburiyatlari nazorat qilish imkonini berish bilan bir qatorda, bankning kredit va lizing operatsiyalaridan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ijobiy ko‘rsatkichga erishdi. «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining muammoli aktivlar yuzaga kelishining oldi olinish natijasida 2023 yil 1 yanvar holatiga bank kredit portfeli hajmi oldingi yilga nisbatan 23,1 foizga oshib, 13318 mlrd. so‘mni tashkil qildi;
tijorat banklarida transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini maksimal 30 foizgacha pasaytirish va standart kreditlarning tasniflangan kreditlar umumiy hajmidagi salmog‘ini 80 foiz bo‘lishini ta’minlash orqali tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan. («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi 04-16/23386-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2022 yilda 2021 yilga nisbatan transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i pasayish imkonini berib, «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki xalqaro agentliklar tomonidan ijobiy prognoz ko‘rsatkichlariga erishish imkonini berdi;
tijorat banklari oddiy aksiyalarining kamida 15 foizini va imtiyozli aksiyalarini kamida 10 foiz ulushini xorijiy investorlarga sotish orqali ularning xorijiy valyutalarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan. («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi 04-16/23386-son ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida, mazkur tijorat bankining 2023 yil 1 yanvar holatiga xorijiy valyutada (so‘m ekvivalentida) investisiyalar hajmi oldingi yilga nisbatan ijobiy natijaga erishish imkonini bergan;
tijorat banklari tomonidan investision moliyalashtirish jarayonlarini takomillashtirish asosida 2028 yilga qadar investision kredit resurslari hamda kreditlar hajmi oshishi bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki moliyalashtirish amaliyotida foydalanilgan. («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi 04-16/23386-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy taklif «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining investision jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi ma’qullangan va bankning rivojlanish strategiyasiga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish