Inoyatova Saodatxon Joxongir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O’zbekiston sharoitida oilaviy munosabatlar transformatsiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”. Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal688
Ilmiy rahbar: Falsafa fanlari doktori, professor Qaxxorova Matlyuba Manofovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Muxtarov Azamat Muxtarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent Yusupov Jaloliddin Kadamovich
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi Yangilanayotgan O‘zbekiston sharotida oilaviy munosabatlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy mazmunini aniqlashga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: “oila”, “oila fenomeni”, “oilaviy munosabat”, “oila inqirozi” tushunchalari dialektik, jarayonli, vaziyatli tahlil qilinib, zamonaviy oila nazariyasining ijtimoiy-ontologik mazmuni falsafaning atributiv kategoriyalari (klassifikatsiyalash, analiz, sintez, umumlashtirish) vositasida ochib berilgan;
oila instituti genezisi va evolyusiyasi tahlili asosida, oilaning ijtimoiy-axloqiy va estetik jihatlari tizimli tadqiq qilinib, oilaviy munosabatlarda turmush tarzi, diniy e’tiqod, oila va tabiat o‘rtasidagi aloqalarning potensial imkoniyatlarini (qadriyat, an’ana, muloqot, hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy tadbir) rivojlantirish bilan bog‘liq vorisiylik qonuniyati ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan;
oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xorijiy va mahalliy olimlar tajribasining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy o‘rganilib, oilaviy munosabatlar transformatsiyasida zamonaviy o‘zbek oilasi milliy mentalitetiga xos xususiyatlar, aloqalar (diaxron, sinxron) va funksiyalar (kognitiv, didaktik, axloqiy imperativlik, boshqaruvchanlik) xarakteri va amal qilish tamoyillarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy dalillangan;
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy institutlar faoliyatida sivilizatsiyaviy va madaniyatlararo yondashuv integratsiyasiga erishishda, oilaviy munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillar va tarbiyaning milliy jihatlarini o‘zaro aloqadorligiga ustuvorlik berish orqali, oilaviy qadriyatlar inqirozini bartaraf etish yo‘llari asoslangan.
IV. Natijalarining joriy qilinganligi. Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida oilaviy munosabatlar transformatsiyasini ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“oila”, “oila fenomeni”, “oilaviy munosabat”, “oila inqirozi” tushunchalari dialektik, jarayonli, vaziyatli tahlil qilinib, zamonaviy oila nazariyasining ijtimoiy-ontologik mazmuni falsafaning atributiv kategoriyalari (klassifikatsiyalash, analiz, sintez, umumlashtirish) vositasida ochib berilgan xulosa va tavsiyalaridan “Mahalla” telekanali “Minbar”, “Ziyo darg‘alari” teleko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2024-yil 8-fevraldagi 01-15-119-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar teleko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligini ta’minlash, “oila” va “oilaviy inqiroz” tushunchalari, ularning ijtimoiy oqibatlari, avlodlar vorisiyligini saqlashda oilaviy qadriyatlarning ta’siri, milliy ma’naviyatni yuksaltirish va oilaga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirishga xizmat qilgan;
oila instituti genezisi va evolyusiyasi tahlili asosida, oilaning ijtimoiy-axloqiy va estetik jihatlari tizimli tadqiq qilinib, oilaviy munosabatlarda turmush tarzi, diniy e’tiqod, oila va tabiat o‘rtasidagi aloqalarning potensial imkoniyatlarini (qadriyat, an’ana, muloqot, hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy tadbir) rivojlantirish bilan bog‘liq vorisiylik qonuniyati ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatida foydanilgan (2024-yil 17-sentyabrdagi 02-02/2610-sonli ma’lumotoma). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan xulosa va takliflar bugungi kunda oilaviy munosabatlar jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish va insoniylik, insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalarini oilaviy munosabatlarni mustahkamlashdagi o’rni hamda yoshlarning oilada mehr-muruvvat ko’rsatish, bir-biriga mehrli bo’lishini targʻib qilishda metodik yordam sifatida xizmat qilgan.
oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xorijiy va mahalliy olimlar tajribasining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy o‘rganilib, oilaviy munosabatlar transformatsiyasida zamonaviy o‘zbek oilasi milliy mentalitetiga xos xususiyatlar, aloqalar (diaxron, sinxron) va funksiyalar (kognitiv, didaktik, axloqiy imperativlik, boshqaruvchanlik) xarakteri va amal qilish tamoyillarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy dalillangan xulosa va yangiliklaridan “Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining JHBL-104-sonli “Turli yoshdagi xotin qizlarning qadriyatlarini ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (“Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 24-apreldagi 01-09/1897-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda oilaning mustahkamligi, oila mohiyatini anglash, uning ma’naviy-axloqiy negizini mustahkamlash orqali oilaviy ajrimlar va oila institutining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga xizmat qilgan;
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy institutlar faoliyatida sivilizatsiyaviy va madaniyatlararo yondashuv integratsiyasiga erishishda, oilaviy munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillar va tarbiyaning milliy jihatlarini o‘zaro aloqadorligiga ustuvorlik berish orqali, oilaviy qadriyatlar inqirozini bartaraf etish yo‘llari asoslangan xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining faoliyatida tatbiq etilgan, Senat va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda milliy gender strategiyasini amalga oshirish va gender tenglikka erishish” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi 1-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar jamiyatda oila va uning mustahkamligiga ijobiy ta’sir qilib, zamonaviy oila mohiyatini anglash, uning ma’naviy-axloqiy negizini mustahkamlash orqali oilaviy ajrimlarning oldini olish va oila institutining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga oid manzilli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.