Kurbanova Dilshoda Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kompyuter GAT texnologiyalari asosida geologik jarayonlarni modellashtirish va ularning Olmaliq-Angren tog‘-ma’dan maydonidagi geomorfologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/GM190.
Ilmiy rahbar: Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Petrov Maksim Anatolievich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti..
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Olmaliq-Angren tog‘-ma’dan maydoni geomorfologik xususiyatlarini aniqlash orqali sochma oltin konlari hosil bo‘lishi uchun qulay tuzilma-geomorfologik xolatlarni GAT tizimida modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
relefning tabiatini aks ettiruvchi turli tartibli bazis yuzalardagi farq asosida relefning geomorfologik modeli ishlab chiqilgan;
Olmaliq-Angren tog‘-ma’dan maydoni relefining rivojlanishi tarixida alyuvial turdagi oltin ma’dan sochmalarining shakllanishi va rivojlanish davrlari uchun asosiy uchta bosqichi ajratilgan;
ikkita ta’rifdan: gorizontal (oqim zichligi) va vertikal relef bo‘linishida namoyon bo‘lgan relefning bo‘linish darajasi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
alyuvial genezisdagi oltin ma’danlashuv joylashuvini bashorat qilish uchun tizimli geomorfometrik tahlil va geostatistik qurilmalardan foydalangan holda, ilk bora morfometrik xaritalarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratishni o‘z ichiga olgan usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompyuter GAT texnologiyalari asosida geologik jarayonlarni modellashtirish va ularning Olmaliq-Angren tog‘-ma’dan maydonidagi geomorfologik xususiyatlari bilan bog‘liqligini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Olmaliq-Angren tog‘-ma’dan maydonining tuzilma-geomorfologik xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 08-0096-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida qilinadigan geologik qidiruv ishlari yoʻnalishlarini belgilash imkonini bergan;
Kompyuter GAT tizimida bajarilgan geologik jarayonlarni raqamli modellashtirish “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning geologik qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 08-0096-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, modellashtirishdan olingan natijalar geologiya-qidiruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan;
Sochma ma’danlashuv shakllanishi zonalarini bashoratlash va linyament tahlili materiallari “O‘zbek geologiyasi qidiruv” AJning geologik qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 08-0096-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sochma oltinga ajratilgan istiqbolli maydonlarda kelgusida bajariladigan geologik-qidiruv ishlarini yo‘nalishini belgilash imkonini bergan.