Turg‘unov Mirjalol Mirzahamdam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.2.PhD /Ped7551
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Soliev Ilxom Sobirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Xaliqov A’zam Abdusalomovich pedagogika fanlari doktori professor
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pedagogik aksiologiya”va “Pedagogik mahorat” fanlarini o‘qitish orqali bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish kognitiv (kasbiy bilimga yo‘nalganlik), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabatni aks ettiruvshi emosional (kasbiy munosabat va ehtiyoj) va pedagogik faoliyatda aksiologik munosabatni qaror tortirishning xulq-atvor (kasbiy ko‘nikmalarga doir) komponentlari ta’limiy qadriyatlarning integratsiyasi asosida ochib berilgan;
ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda talabalarga ta’limiy qadriyatlarni singdirish, tolerantlik tafakkurni rivojlantirish, kasbiy qadriyatlarni ma’naviy fazilatlar (kompetensiyalar) tarzida ichki anglanishiga erishish imkoniyatlari hamda ta’lim texnologiyasining tashkiliy-metodik komponenti mohiyati aksiologik ierarxiya (“bilim-qadriyat-faoliyat”) birligi hamda refleksiv usullarni identifikatsiyalash asosida ochib berilgan.
bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari moslashuvshan ko‘nikmalar va umummadaniy, umumkasbiy kompetensiyalarni individual xulq-atvor modellarini shakllantirish, vaziyatga mos shaxsiy qaror qabul qilish va muammolarga samarali echim topish malakalarini tarkib toptirish jarayonlariga tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
bo’lajak redagoglarning ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning muammoga (Problem-Based Learning (PBL), tadqiqotchilikka (Inquiry-Based Learning, IBL), guruh bo‘lib ishlashga (Collaborative Learning), amaliyotga (Practical-based Learning Technology) asoslangan uondashuvlarning komrleks ta’siri validligini qat’iu belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo’lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalar majmui (ijtimoiy, shaxsiy, axborotli, kommunikativ va refleksiv) mazmuni, turlari, bosqichlari va didaktik ahamiyatini aniqlashga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i asosida berilgan 194-279-raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini pedagogik loyihalash kompetentligini rivojlantirish zarurati va pedagogik asoslarini tadqiq etish samaradorligi oshgan;
pedagogika fanlarini integirativ o‘qitish asosida bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini mazmuni, turlari, bosqichlari va didaktik ahamiyati, loyihalashning maqsad va vazifalarini ratsional aniqlash ko‘nikmasi hamda amaliyotga yo‘naltirilgan, yakka, aralash, jamoaviy-guruhiy komponentlar uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada, bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogika fanlarining imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
bo’lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari loyihalash kompetentligining mazmuni, turlari, bosqichlari va didaktik ahamiyati, loyihalashning maqsad va vazifalarini ratsional aniqlash ko‘nikmasi hamda amaliyotga yo‘naltirilgan, yakka, aralash, jamoaviy-guruhiy komponentlar uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan tavsiyalar PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada pedagogika fanlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ta’limiy qadriyatlar asosida kasbiy kompetentligini pedagogik loyihalash kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishga erishilgan.