Yarieva Zarrina Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy til).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8396.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maqsudova Gulnoz Olimovna, pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc 03/30.11.2024.Ped.26.04
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich pedagogika fanlar doktori, dotsent, Xolmurodova Dilnoza Xolmurodovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika institute.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy til leksikasini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari motivatsiya turlari, maqsadga yo‘naltirilganligi, kognitiv va amaliy kompetensiyalarining til strukturasiga uyg‘un ta’siri hamda fikrlash jarayonlari va lisoniy lingvo bilish motivatsiyalarini optimallashtirish, didaktik sharoitlarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiylarini takomillashtirish modeli leksikani nutq faoliyati turlariga mos aloqadorlikda olib borish, motivatsion, tasodifiy va maqsadli yondashuvlarni amalga oshirish hamda leksik materialni kognitiv-kommunikativ o‘zlashtirishni ta’minlovchi zarur didaktik muhitni bosqichma bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi maqsadli yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda leksik material ustida samarali ishlashni bosqichma bosqich tashkil qilish va fikrlash, diqqat, idrok, xotirani mustahkamash, tezda topish va chiqarib olishga yordam beradigan zarur bilimlarni aks ettiruvchi motivatsion komponentlarini adekvatligini uyg‘un ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
leksik-semantik axborotlarni o‘zlashtirish samaradorligi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining leksik birliklarni o‘zlashtirish, leksik kompetentlikni rivojlantirish tamoyillari, komponentlarini kiritish, o‘quv-bilish va nutq faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarda leksik kompetentlikni motivatsion yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy til leksikasini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari motivatsiya turlari, maqsadga yo‘naltirilganligi, kognitiv va amaliy kompetensiyalarining til strukturasiga uyg‘un ta’siri hamda fikrlash jarayonlari va lisoniy lingvo bilish motivatsiyalarini optimallashtirish, didaktik sharoitlarni aniqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilari leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi traektoriyasini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan, muloqotga kirishish jarayonining o‘sishiga erishilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiylarini takomillashtirish modeli leksikani nutq faoliyati turlariga mos aloqadorlikda olib borish, motivatsion, tasodifiy va maqsadli yondashuvlarni amalga oshirish hamda leksik materialni kognitiv-kommunnikativ o‘zlashtirishni ta’minlovchi zarur didaktik muhitni bosqichma bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi maqsadli yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda leksik material ustida samarali ishlashni bosqichma bosqich tashkil qilish va fikrlash, diqqat, idrok, xotirani mustahkamash, tezda topish va chiqarib olishga yordam beradigan zarur bilimlarni aks ettiruvchi motivatsion komponentlarini adekvatligini uyg‘un ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida leksik kompetensiyalarini rivojlatirish bosqichlarini aniqlash, motivatsion komponentlarini kiritishga xizmat qilgan.
leksik-semantik axborotlarni o‘zlashtirish samaradorligi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining leksik birliklarni o‘zlashtirish, leksik kompetentlikni rivojlantirish tamoyillari, komponentlarini kiritish, o‘quv-bilish va nutq faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashning motivatsion, kognitiv mezonlari didaktik tamoyillar asosida takomillashtirilgan.