Musaeva Adiba Abdumajidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4805.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Nodira Muxtorjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich, pedagogika fanlari doktori,dotsent; Badelbaeva Yulduzbonu Orifjonovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  quyidagilardan iborat:
refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining individualligini rivojlantirish, mavjud refleksiv tajribasini boshlash uchun bevosita pedagogik muloqot, refleksiv  tajribani kasbiy mazmun bilan muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan vazifalar; xulq-atvor strategiyasini muammolarini hal qilish usullarini bosqichma – bosqich tanlash asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik modeli chet tilni o‘rganish jarayonida yondashuvlar majmuasiga tizimli, aksiologik, refleksiv va shaxsiy-faoliyatga asoslangan kasbiy tayyorgarlik jarayoni hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan ongli faoliyatga tayyorligini anglatuvchi ta’lim oluvchi shaxsiga nisbatan shaxsiy-qadriyatli munosabatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.  
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ta’limiy kvestlar Shrinking Vessel, egg drop, collaboration va collaborative writing yozma  va og‘zaki nutqiy  mashqlardan foydalanish, refleksli kasbiy jarayonga jalb qilish hamda  subektiv tajriba almashishga hissa qo‘shadigan interaktiv ta’lim shakllaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi baholash  mezonlari o‘ziga ongli munosabat, pedagogik o‘zaro ta’sir ishtirokchilariga munosabat, “o‘qituvchi” kasbiga munosabat va “chet til” faniga munosabatni qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni nazariy pedagogik izohlash hamda tajriba natijalarini rasmiylashtirish, tadqiqot xulosalarini monitoringini yuritish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini rivojlantirish  bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining individualligini rivojlantirish, mavjud refleksiv tajribasini boshlash uchun bevosita pedagogik muloqot, refleksiv  tajribani kasbiy mazmun bilan muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan vazifalar; xulq-atvor strategiyasini muammolarini hal qilish usullarini bosqichma – bosqich tanlash asosida rivojlantirishga oid takliflardan “Integrated speaking skills” nomli o‘quv qo‘llanmada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 14 avgustdagi 11-05-4177/04-son dalolatnomasi).  Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik modeli chet tilni o‘rganish jarayonida yondashuvlar majmuasiga tizimli, aksiologik, refleksiv va shaxsiy-faoliyatga asoslangan kasbiy tayyorgarlik jarayoni hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan ongli faoliyatga tayyorligini anglatuvchi ta’lim oluvchi shaxsiga nisbatan shaxsiy-qadriyatli munosabatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Integrated speaking skills” nomli o‘quv qo‘llanmada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 14 avgustdagi 11-05-4177/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik modeli rivojlantirilgan.
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ta’limiy kvestlar (Shrinking Vessel, egg drop, collaboration va collaborative writing) yozma  nutqiy  mashqlardan foydalanish, refleksli kasbiy jarayonga jalb qilish hamda  subektiv tajriba almashishga hissa qo‘shadigan interaktiv ta’lim shakllaridan foydalanish asosida takomillashtirishga  doir takliflardan “Integrated speaking skills” nomli o‘quv qo‘llanmada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 14 avgustdagi 11-05-4177/04-son dalolatnomasi).   Natijada, talabalarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantiruvchi yondashuvlar, tamoyillar va o‘zini-o‘zi anglashning pedagogik shart-sharoitlari rivojlantirish imkoni amalga oshirilgan;
bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi baholash  mezonlari o‘ziga ongli munosabat, pedagogik o‘zaro ta’sir ishtirokchilariga munosabat, “o‘qituvchi” kasbiga munosabat va “chet til” faniga munosabatni qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni nazariy pedagogik izohlash hamda tajriba natijalarini rasmiylashtirish, tadqiqot xulosalarini monitoringini yuritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Integrated speaking skills” nomli o‘quv qo‘llanmada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 14 avgustdagi 11-05-4177/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning refleksiv kompetensiyasini  rivojlantirishning pedagogik texnonologiyalari rivojlantirish imkoni amalga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish