Xasanov Muzafar Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligining pedagogik-psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P896.
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
  IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich psixologiya fanlari doktori, professor; Nurillaev Adxam Axmadovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti          
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligining pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy tayyorgarlikning rivojlanishi insonlarni va vaziyatni tushunish, uddaburonlik, axloqiy ustanovkalar, emosional barqarorlikning kasbiy mas’uliyat bilan uyg‘un holda talabalarda professional imidjini tarkib topishiga asoslanib ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikning shakllanishiga identiv ekanligi dalillangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy tayyorgarlikning ta’limiy va jangovar shaylik oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, matonatlilik, qat’iyatlilikning empatiyaning ratsional, emosional, intuitiv kanaliga integrativ shakllanishiga asoslanib shaxs hissiy-irodaviy sifatlarini rivojlanganligi darajasiga identiv namoyon bo‘lishi dalillangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonidagi ijodiy g‘oyalarni amaliyotga integrasiyalashda irodaviy sifatlarga ustuvorlik berish orqali jangovor taktik, kommunikativ, kreativlik sifatlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli “motivasion”, “kognitiv”, “integrativ-faoliyatli” komponentlarni pedagogik-psixologik vektorga modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta’lim jarayonidagi texnologik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalari ijodiy fikrlash, kommunikativ dialog va aks etuvchi qobiliyatlarni shakllanishiga axborotlarni professonal jihatdan qo‘llash bilan bog‘liq vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni belgilash xususiyati muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligining pedagogik-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy tayyorgarlikning rivojlanishi insonlarni va vaziyatni tushunish, uddaburonlik, axloqiy ustanovkalar, emosional barqarorlikning kasbiy mas’uliyat bilan uyg‘un holda talabalarda professional imidjini tarkib topishiga asoslanib ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikning shakllanishiga identiv ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-218 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-218  a-son ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim talabalarining kasbiy tayyorligini oshirishning psixologik jihatlari ochib berilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy tayyorgarlikning ta’limiy va jangovar shaylik oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, matonatlilik, qat’iyatlilikning empatiyaning ratsional, emosional, intuitiv kanaliga integrativ shakllanishiga asoslanib shaxs hissiy-irodaviy sifatlarini rivojlanganligi darajasiga identiv namoyon bo‘lishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-218 son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-218  a-son ma’lumotnomasi).  Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim talabalarining kasbiy tayyorligini oshirishda hissiy-irodaviy sifatlarning o‘rni tadqiq qilingan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonidagi ijodiy g‘oyalarni amaliyotga integrasiyalashda irodaviy sifatlarga ustuvorlik berish orqali jangovor taktik, kommunikativ, kreativlik sifatlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli “motivasion”, “kognitiv”, “integrativ-faoliyatli” komponentlarni pedagogik-psixologik vektorga modellashtirish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-218 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-218  a-son ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini    rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta’lim jarayonidagi texnologik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalari ijodiy fikrlash, kommunikativ dialog va aks etuvchi qobiliyatlarni shakllanishiga axborotlarni professonal jihatdan qo‘llash bilan bog‘liq vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni belgilash xususiyati muhim ekanligi dalillangan (takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-218 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-218  a-son ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini  oshirishning psixologik jihatlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish