Urazbaeva Yulduz Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasi namoyon bo‘lishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P958.
Ilmiy rahbar: Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jumaev Nodir Zayniddinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar maktab o‘quvshilarida ta’lim motivatsiyasi namoyon bo‘lishning psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb – hunar maktab o‘quvshilarida ta’lim motivatsiyasining namoyon bo‘lishi ta’lim jarayoni shaxsda kommunikativ, bilishga, ijtimoiy motivlarni ortishiga, o‘zini olib qoshish motivlari pasayishiga olib kelganligi tufayli o‘quv motivlariga bog‘liq ekanligi dalillangan;
kasb – hunar maktab o‘quvshilarida ta’lim motivatsiyasining rivojlanishi ta’lim jarayonida yangilikka intilish, tanqidiylik, kreativlikka yo‘nalganlik o‘zini baholashning dinamik shakllanishiga asoslanib, shaxs ijodiy faolligini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi dalillangan;
kasb – hunar maktab o‘quvshilarida ta’lim motivatsiyasini rivojlantirishda emotsional bilimdonlik, o‘z emotsiyalarini boshqarish, empatiya ishki motivatsiyasini kushaytirishiga asoslanib, emotsional intellektni oshirishga erishish muhimligi dalillandi;
kasb – hunar maktab o‘quvshilarida ta’lim motivatsiyasini rivojlantiruvshi psixokorreksion model ta’lim jarayonidagi ishki motivlarni sressli vaziyatlarda o‘z keshinmalarini nazorat qilish hamda ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish jihatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga asoslanib, motivatsion xususiyatlar, hissiy o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi va empatiyani o‘zaro integral shakllanishiga ta’sir etuvshi usullarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasb – hunar  maktab  o‘quvchilarida ta’lim  motivatsiyasi namoyon  bo‘lishning  psixologik xususiyatlarini  o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasining namoyon bo‘lishi ta’lim jarayoni shaxsda kommunikativ, bilishga, ijtimoiy motivlarni ortishiga, o‘zini olib qochish motivlarining pasayishiga olib kelganligi tufayli o‘quv motivlariga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-214-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-214-a son ma’lumotnomasi). Natijada kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasi namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasining rivojlanishi ta’lim jarayonida yangilikkka intilish, tanqidiylik, kreativlikka yo‘nalganlik, o‘zini baholashning dinamik shakllanishiga asoslanib, shaxs ijodiy faolligini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-214-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-214-a son ma’lumotnomasi). Natijada kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasining rivojlanishini psixologik jihatdan tadqiq qilishga oid ma’lumotlar tizimlashtirilgan;
kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasini rivojlantirishda emotsional bilimdonlik, o‘z emotsiyalarini boshqarish, empatiya ichki motivatsiyani kuchaytirishiga asoslanib, emotsional intellektni oshirishga erishish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-214-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-214-a son ma’lumotnomasi). Natijada kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasini rivojlantirishda emotsional intellektning ahamiyati yoritib berilgan;
 kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasini rivojlantiruvchi psixokorreksion model ta’lim jarayonidagi ichki motivlarni stressli vaziyatlarda  o‘z kechinmalarini nazorat qilish hamda ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish jihatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga asoslanib, motivatsion xususiyatlar, hissiy o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi va empatiyani o‘zaro integral shakllanishiga ta’sir etuvchi usullarni qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-214-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-214-a son ma’lumotnomasi). Natijada kasb – hunar maktab o‘quvchilarida ta’lim motivatsiyasini rivojlantirishning psixokorreksion modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish