Rejapov Saydulla Xikmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishning mintaqaviy xususiyatlari” 08.00.07 – “Moliya, pul muomilasi va kredit” va 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot” tutash ixtisosliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4162
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Azimov Rustam Sodiqovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Umarov Abduvoxab Tursunovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) Akramov Azamat Ramziddinovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalarda davlat xaridlari tizimini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalarda davlat xaridlarining ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar tashkil qilgan hamda ularga ish haqi fondining kamida 50 foizi ajratilgan bo‘lsa, o‘sha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xaridlari jarayonida alohida ustuvorlik berish orqali erishish taklifi asoslangan;
mintaqalarda davlat xaridlarini amalga oshirish usulini byudjet buyurtmachilari tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilishda tender savdolarida faqat bitta tadbirkorlik sub’ekti ishtirok etib, keyinchalik qo‘shimcha talablar qo‘yilmagan holda takroriy tender savdolari tashkil etilib, unda ilgari qatnashgan tadbirkorlik sub’ekti qayta ishtirok esa, tender savdolarini yakunlangan deb hisoblash orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat xaridlari jarayonida mintaqalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish mexanizmini ular tomonidan ishlab chiqarilib, davlat xaridlari elektron savdo platformasi orqali sotilgan tovar va xizmatlari miqdori summasining 10 foizini soliqqa tortiladigan tushumdan chegirish tartibini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat xaridlari jarayonida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar narxlarini ularning turlari kesimida jamoatchilik nazorati ostida shakllantirish tizimini joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mintaqalarda davlat xaridlarining ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar tashkil qilgan hamda ularga ish haqi fondining kamida 50 foizi ajratilgan bo‘lsa, o‘sha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xaridlari jarayonida alohida ustuvorlik berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik biznes sub’ektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining 1, 2, 3-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 08/44-2-21634-sօnli ma’lumօtnօmasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada davlat xaridlari orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, yoshlar va tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasi ortishiga erishiladi;
mintaqalarda davlat xaridlarini amalga oshirish usulini byudjet buyurtmachilari tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilishda tender savdolarida faqat bitta tadbirkorlik sub’ekti ishtirok etib, keyinchalik qo‘shimcha talablar qo‘yilmagan holda takroriy tender savdolari tashkil etilib, unda ilgari qatnashgan tadbirkorlik sub’ekti qayta ishtirok esa, tender savdolarini yakunlangan deb hisoblash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik biznes sub’ektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandini 5-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 08/44-2-21634-sօnli ma’lumօtnօmasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi byudjet tashkilotlari mablag‘larini o‘z vaqtida o‘zlashtirish va xaridlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga xizmat qiladi;
davlat xaridlari jarayonida mintaqalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish mexanizmini ular tomonidan ishlab chiqarilib, davlat xaridlari elektron savdo platformasi orqali sotilgan tovar va xizmatlari miqdori summasining 10 foizini soliqqa tortiladigan tushumdan chegirish tartibini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Iqtisodiyot sohasi va tarmoqlarini rivojlantirishga oid normativ huquqiy hujjatlar va ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 08/44-2-21634-sօnli ma’lumօtnօmasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqalardagi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat xaridlari orqali qo‘llab quvvatlash mexanizmining yaratilishi, ular daromadlarining ortishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha resurslar manbasini yaratishga xizmat qiladi;
davlat xaridlari jarayonida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar narxlarini ularning turlari kesimida jamoatchilik nazorati ostida shakllantirish tizimini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik biznes sub’ektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini 8-bandini 1-xatboshini tayyorlashga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 08/44-2-21634-sօnli ma’lumօtnօmasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat xaridlari jarayonida elektron shaklda o‘tkazish, shaffoflikni va raqobatni oshirish, narxlarning pasayishiga, byudjet mablag‘larini tejash uchun vakolatli organlar tomonidan monitoring qilish imkoniyatini yaratdi.