Shakirova Dilfuza Tulkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida brend strategiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Iqt3322.
Ilmiy rahbari: Akramov Toxir Abdiraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Axmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Shamshieva Nargizaxon Nosirxuja qizi, iqtisodiyot  doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’limda ta’lim brendini yaratish bo‘yicha marketing strategiya hamda uni mustahkamlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “brend strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kompaniya yoki mahsulotning bozorda o‘z o‘rnini belgilash va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan reja kompaniyaning qiymati, maqsadli auditoriyasi, mahsulot yoki xizmatlarning muvaffaqiyatli pozisiyalashtirilishi va brending orqali namoyon etiluvchi noyoblik nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarining brend kuchi va nufuzini kompleks baholashga yo‘naltirilgan “OTM integrallashgan brend-obro‘ indeksi”ning tarkibidagi  miqdor va sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni
(Im = 0,75 – 0,9; Is = 0,1 – 0,25) chegarasida belgilash orqali brend strategiyasini takomillashtirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari uchun barcha raqamli platformalar (veb-sayt, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn ta’lim tizimlari) va raqamli marketing vositalarini yagona strategiya asosida integratsiyalashni nazarda tutuvchi “Raqamli brending ekotizimi”ni shakllantirishda oliy ta’lim muassasasining brend identifikatsiyasi, maqsadli auditoriya bilan o‘zaro aloqa va ma’lumotlar analitikasini o‘zaro bog‘lash va uyg‘unligini ta’minlash orqali brend qiymatini oshirish asoslangan;
O‘zbekiston ta’lim brendini takomillashtirishda oliy ta’lim tizimida ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari soni va sifati ta’sirining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida talabalar soni dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “brend strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kompaniya yoki mahsulotning bozorda o‘z o‘rnini belgilash va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan reja kompaniyaning qiymati, maqsadli auditoriyasi, mahsulot yoki xizmatlarning muvaffaqiyatli pozisiyalashtirilishi va brending orqali namoyon etiluvchi noyoblik nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘zbekistonda ta’lim brendini mustaxkamlashda oliy ta’lim xizmatlari sifatining rolini oshirish” nomli monografiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining 2022 yil 29 apreldagi 9-sonli qarori) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kompaniyaning qiymati, maqsadli auditoriyasi, mahsulot yoki xizmatlarning muvaffaqiyatli pozisiyalashtirilishi va brending orqali namoyon etiluvchi noyoblik nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “brend strategiyasi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarining brend kuchi va nufuzini kompleks baholashga yo‘naltirilgan “OTM integrallashgan brend-obro‘ indeksi”ning tarkibidagi  miqdor va sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni
(Im = 0,75 – 0,9; Is = 0,1 – 0,25) chegarasida belgilash orqali brend strategiyasini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 0003/28-2997-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sifatli oliy ta’lim xizmatini ko‘rsatish OTM brendini mustahkamlovchi omil sifatida qaralib, oliy ta’lim muassasining to‘laqonli faoliyatini amalga oshirish jarayonida, mamlakat ta’lim bozorida OTM brendlarini rivojlanish bosqichlari hamda ta’lim brendini kuchaytirish bo‘yicha marketing strategiyasi tavsiya sifatida shakllantirilib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi milliy reytingida 14-o‘rinni egallashida munosib hissa qo‘shgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun barcha raqamli platformalar (veb-sayt, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn ta’lim tizimlari) va raqamli marketing vositalarini yagona strategiya asosida integratsiyalashni nazarda tutuvchi “Raqamli brending ekotizimi”ni shakllantirishda oliy ta’lim muassasasining brend identifikatsiyasi, maqsadli auditoriya bilan o‘zaro aloqa va ma’lumotlar analitikasini o‘zaro bog‘lash va uyg‘unligini ta’minlash orqali brend qiymatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 0003/28-2997-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim xizmatlari sifatini har tomonlama baholash, fikr-mulohazalarni to‘plash va tahlil qilish, taqqoslash va hisobot berish, talabalarni jalb qilish va qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni takomillashtirish orqali muassasalarga sifatga sodiqligini namoyish etish, talabalar, ota-onalar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston ta’lim brendini takomillashtirishda oliy ta’lim tizimida ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari soni va sifati ta’sirining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida talabalar soni dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil11 oktyabrdagi 0003/28-2997-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida TDIU brendini aniqlovchi prognoz modeli bir qator mezonlar asosida tekshirilganda MARE (Mean absolute percent error – foizlardagi o‘rtacha absolyut xatolik) koeffisientining qiymati 15 foizdan kichik ekanligi, Teyl koeffisientning qiymati 1 dan kichikligi (TIC=0,004) tasdiqlanib, talabalar soni dinamikasining uzoq muddatli istiqboldagi parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.uslubiy yondashuvga ko‘ra “inklyuziv oliy ta’lim” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim olishdan barcha talabalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy yoki madaniy xususiyatlaridan qat’i nazar, bilim olishi va ta’lim jarayonida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlashda ozchilik toifalari doirasida maqsadli guruhlarning yangi kichik toifalarini kiritish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda bilim olishi va ta’lim jarayonida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlashda ozchilik toifalari doirasida maqsadli guruhlarning yangi kichik toifalarini kiritish asosida takomillashtirilgan “inklyuziv oliy ta’lim” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan (O’zbekiston Resrublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 22 avgustdagi 01/00-03/10-8548-sonli dalolatnomasi, O’zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 23 avgustdagi 02/01-01-70 sonli ma’lumotnomasi);

Yangiliklarga obuna bo‘lish