Xasanova Maxmuda Tixtaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abrorxonova Kamola Abrorxon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori;  Xaydarova Mahliyo Xabibullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlangich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy  kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyasini oshirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik jarayon davomida o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ijtimoiy ahamiyatli va vaziyatlarni egallash, ta’limiy maqsadlarga mos muammoli vaziyatlarni tashkil etish hamda sinergetik, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini tashkiliy jihatdan yaxlitlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy kompetensiyasini oshirish modeli kommunikativ mobillikni oshirishga yo‘naltirilgan axborotlar bilan ishlash izchilligiga erishish, o‘z – o‘zini rivojlantirishga yordam berish, milliy va umummadaniy tayanch bilimlarini hamda motivga ega qobiliyatini innovatsion ta’lim muhitiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy kompetensiyasini oshirish jarayoni ma’naviy tarbiyalanganlik va demokratik qadriyatlar, insonparvarlik, axloqiy sifatlarni didaktik maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish hamda instrumental-motivatsion, kognitiv-produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlar mazmunini subekt-subekt munosabatlar faolligiga proporsionalligini faktik tasniflash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy faolligini oshirish metodikasi empatiya va intellekt darajasini kengaytirish ta’lim subektlari faoliyatidagi muammoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilishga o‘rgatish hamda demokratiya, so‘z erkinligi, adolat, qonunlarni hurmat qilishga yo‘naltirish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyasini oshirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik jarayon davomida o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ijtimoiy ahamiyatli va vaziyatlarni egallash, ta’limiy maqsadlarga mos muammoli vaziyatlarni tashkil etish hamda sinergetik, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini tashkiliy jihatdan yaxlitlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7556/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining mohiyati va pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy kompetensiyasini oshirish modeli kommunikativ mobillikni oshirishga yo‘naltirilgan axborotlar bilan ishlash izchilligiga erishish, o‘z – o‘zini rivojlantirishga yordam berish, milliy va umummadaniy tayanch bilimlarini hamda motivga ega qobiliyatini innovatsion ta’lim muhitiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7556/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash asosida ularda ijtimoiy kompetensiyalar rivojlanganligini baholash mezonlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy kompetensiyasini oshirish jarayoni ma’naviy tarbiyalanganlik va demokratik qadriyatlar, insonparvarlik, axloqiy sifatlarni didaktik maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish hamda instrumental-motivatsion, kognitiv-produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlar mazmunini subekt-subekt munosabatlar faolligiga proporsionalligini faktik tasniflash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7556/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy faolligini oshirish metodikasi empatiya va intellekt darajasini kengaytirish ta’lim subektlari faoliyatidagi muammoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilishga o‘rgatish hamda demokratiya, so‘z erkinligi, adolat, qonunlarni hurmat qilishga yo‘naltirish asosida  takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7556/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish