Uchqurova Shahnoza Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida takomillashtirish”, 13.00.06 -Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyaev Sobir Jumakulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari subekt-subekt munosabatlari samaradorligini ta’limi maqsadlarning umumiy talablariga moslashtirish, individuallashtirish, tizimlashtirish hamda ko‘rgazmalilikni ta’minlash tamoyillarini qo‘llashda refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishga izchil ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida rivojlantirish modeli faoliyatli- konstruktiv, faoliyatli-gumanistik, metakognitiv yondashuvlarning amaliy natijadorligini oshirishga qaratilgan o‘z-o‘zini rag‘batlantirish va tarbiyalash amaliyotning kognitiv-transformatsion jarayoni bilan funksional integratsiyasiga barqaror asosida takomillashtirilgan.
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishning ta’limiy raqamli kontent ta’minoti metodik ta’sir traektoriyasini masofaviy ta’limning birlamchi modeliga moslashtirish, ta’lim platformalarining moslashuvchanlik, modullilik, keng qamrovlilik xususiyatlarini hisobga olish hamda internatsionalilik xususiyatlarini bulutli hisoblash dasturlariga integratsiyalashda raqamli kontentning mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishning raqamli kontenti o‘qitish samaradorligini baholash mezonlarini strategik prognozlash, ingliz tili nutq malakalarini mustaqil egallashga yo‘naltirilgan muammolarni hal etish hamda rivojlantiruvchi amaliy topshiriqlarni bajarishda resurslilik, vaqtni boshqarish, avtonom qarorlar qabul qilish va tilga oid tushunchalarni ko‘rgazmali-obrazli tasvirlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari subekt-subekt munosabatlari samaradorligini ta’limi maqsadlarning umumiy talablariga moslashtirish, individuallashtirish, tizimlashtirish hamda ko‘rgazmalilikni ta’minlash tamoyillarini qo‘llashda refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishga izchil ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Developing intercultural communication” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 28-dekabrdagi 11-05-7558 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarining xorijiy tilni mustaqil egallashda bajaradigan mustaqil ta’lim topshiriqlari asosida mazmunan boyitishi samaradorligi oshgan.
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida rivojlantirish modeli faoliyatli- konstruktiv, faoliyatli-gumanistik, metakognitiv yondashuvlarning amaliy natijadorligini oshirishga qaratilgan o‘z-o‘zini rag‘batlantirish va tarbiyalash amaliyotning kognitiv-transformatsion jarayoni bilan funksional integratsiyasiga barqaror asosida takomillashtirishga oid takliflar “Developing intercultural communication” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 28-dekabrdagi 11-05-7558 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida takomillashtirish mazmuni boyitilgan.
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishning ta’limiy raqamli kontent ta’minoti metodik ta’sir traektoriyasini masofaviy ta’limning birlamchi modeliga moslashtirish, ta’lim platformalarining moslashuvchanlik, modullilik, keng qamrovlilik xususiyatlarini hisobga olish hamda internatsionalilik xususiyatlarini bulutli hisoblash dasturlariga integratsiyalashda raqamli kontentning mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Developing intercultural communication” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 28-dekabrdagi 11-05-7558 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida takomillashtirish samaradorligi oshgan.
talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishning raqamli kontenti o‘qitish samaradorligini baholash mezonlarini strategik prognozlash, ingliz tili nutq malakalarini mustaqil egallashga yo‘naltirilgan muammolarni hal etish hamda rivojlantiruvchi amaliy topshiriqlarni bajarishda resurslilik, vaqtni boshqarish, avtonom qarorlar qabul qilish va tilga oid tushunchalarni ko‘rgazmali-obrazli tasvirlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Developing intercultural communication” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2014-yil 28-dekabrdagi 11-05-7558 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini ta’limiy raqamli kontentlar asosida takomillashtirishning metodik mazmuni kengaytirilgan.