Tuksanov Alisher Iskandarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi xirurgiyasida qoldiq bo‘shlig‘iga ishlov berish va bartaraf etish usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1109.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asabaev Amangeldi Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston respublikasi); Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elastik yoki zich fibroz kapsula bilan qoldiq bo‘shliqlarni davolash va yo‘q qilish usullarini takomillashtirish orqali jigar exinokokkozini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkozida parazitar shikastlanishlarning elastik va zich devoriga xos bo‘lgan belgilar hamda ularning ehtimoliy ahamiyatini tekshirish bilan radiologik diagnostika usullari orqali fibroz kapsula holatini operatsiyadan oldin tashxislash mezonlari aniqlangan;
gialinlangan to‘qimalarning mavjudligi, petrifikatsiya o‘choqlari bilan kengroq nekrotik qatlamlar, yoriqlar bilan qo‘pol biriktiruvchi to‘qima qatlamlari va bu kapsulaning elastik xususiyatlarining pasayishi bilan fibroz darajasini oshirishi orqali zich fibroz kapsulaning gistostrukturasining xususiyatlari aniqlangan;
gemostatik vositani mahalliy past intensivlikdagi lazer nurlanishini o‘tkazish bilan birgalikda qo‘llash orqali jigar exinokokkozining asoratlanmagan shakllarida parazitni olib tashlagandan keyin bo‘shagan elastik qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish usuli takomillashtirilgan;
jigarning asoratlanmagan exinokokkozida elastik qoldiq bo‘shliqni gemostatik vositani qo‘llash bilan birgalikda ul`trabinafsha lazer nurlanishi bilan davolash yallig‘lanish reaksiyasi darajasining pasayishini, mahalliy gemo va limfostazni, o‘t mikrooqmalarining germetizatsiyasi va obliteratsiya jarayonlarining kuchayishini ta’minlashi aniqlangan;
jigar exinokokkozi uchun an’anaviy va laparoskopik operatsiyalar vaqtida qoldiq bo‘shliqning zich devoriga mahalliy fizik (yuqori energiyali lazer nurlanishi) va kimyoviy (antiseptik va gemostatik vositalar) ta’siri bilan tavsiflanadigan zich fibroz kapsulani davolash usuli ishlab chiqilgan;
 yuqori energiyali lazer ta’siri fibroz kapsula zich devorining dozalangan destruksiyasini va yumshashini keltirib chiqarishi, antiseptik va gemostatik vositalarni mahalliy qo‘llash esa qoldiq bo‘shliqqa antiparazitar ishlov berish va bitish jarayonlarini yaxshilashni ta’minlashi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik reabilitatsiyasi natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozida parazitar shikastlanishlarning elastik hamda zich devoriga xos bo‘lgan belgilar va ularning ehtimoliy ahamiyatini tekshirish bilan radiologik diagnostika usullari orqali fibroz kapsula holatini operatsiyadan oldin tashxislash mezonlari aniqlanganligi – “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga (2024 yil 10 maydagi m/24-son), Navoiy va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son va 2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruqlar) hamda NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi, Navoiy hududiy boshkarmasi, tibbiy-sanitariya bo‘limi amaliyotiga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruq) joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 06/74-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: usulning joriy etilishi operatsiyadan keyingi asoratlarni sezilarli darajada kamaytirishga, jarrohlik aralashuvlarining aniqligini oshirishga va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga imkon berdi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi, ularning shifoxonada qolish muddatini qisqartirdi va tibbiyot muassasalariga yuklamani kamaytirgan holda kundalik faoliyatiga tezroq qaytish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: nur tashxis usullaridan foydalangan holda fibroz kapsula holatining operatsiyadan oldingi tahlilini qo‘llash bemorlarning prognozini yaxshilaydi va asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi. Taklif etilgan usulni qo‘llash natijasida shifoxonada yotish davomiyligi 1 kunga qisqaradi. Tashxis qo‘yilgan 65 nafar bemorda asoratlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 365000 so‘m × 1 kun × 65 bemor = 23725000 so‘m. Bitta operatsiyaning o‘rtacha narxi 1200000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). 5 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1200000 so‘m × 5 bemor = 6000000 so‘m. Yillik umumiy iqtisodiy tejamkorlik: 23725000 so‘m + 6000000 so‘m = 29725000 so‘m. Xulosa: fibroz kapsula holatining operatsiyadan oldingi diagnostikasini qo‘llash yiliga 29725000 so‘m (65 nafar bemor) iqtisod qilish imkonini beradi, shundan: 23780000 so‘m byudjet mablag‘lari, 5945000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
ikkinchi ilmiy yangilik: gialinlangan to‘qimalarning mavjudligi, petrifikatsiya o‘choqlari bilan kengroq nekrotik qatlamlar, yoriqlar bilan qo‘pol biriktiruvchi to‘qima qatlamlari va bu kapsulaning elastik xususiyatlarining pasayishi bilan fibroz darajasini oshirishi orqali zich fibroz kapsulaning gistostrukturasining xususiyatlari aniqlanganligi - “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga (2024 yil 10 maydagi m/24-son), Navoiy va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son va 2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruqlar) hamda NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi, Navoiy hududiy boshkarmasi, tibbiy-sanitariya bo‘limi amaliyotiga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruq) joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 06/74-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: lazerli ishlov berish joriy etilishi natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar soni kamaydi, bemorlarning shifoxonada qolish vaqti qisqardi va hayot sifati yaxshilandi. Davolanish jarayonlarining takomillashuvi tezroq tiklanishga yordam berdi, bu esa davolanish xarajatlarini kamaytirib, tibbiyot muassasalariga tushayotgan yukni engillashtirishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorlik: jigar exinokokkozini davolashda zich fibroz kapsulaga lazerli ishlov berish bemorlar prognozini yaxshilaydi va asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi. Lazerli ishlov berish qo‘llanilganda shifoxonada qolish muddati 1 kunga qisqaradi. Lazer yordamida davolangan 42 nafar bemorda asoratlar kuzatilmadi. Tejamkorlik: 365000 so‘m × 1 kun × 42 bemor = 15330000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Bitta operatsiyaning o‘rtacha narxi 1200000 so‘mni tashkil etadi. 5 nafar bemorda takroriy aralashuvlar oldini olishga erishildi. Tejamkorlik: 1200000 so‘m × 5 bemor = 6000000 so‘m. Umumiy yillik iqtisodiy tejamkorlik: 15330000 so‘m + 6000000 so‘m = 21330000 so‘m. Xulosa: jigar exinokokkozini davolashda zich fibroz kapsulaga lazerli ishlov berish qo‘llanilishi natijasida 21330000 so‘m (42 nafar bemor) tejaldi. Shundan 17064000 so‘m byudjet mablag‘lari va 4266000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
uchunchi ilmiy yangilik: gemostatik vositani mahalliy past intensivlikdagi lazer nurlanishini o‘tkazish bilan birgalikda qo‘llash orqali jigar exinokokkozining asoratlanmagan shakllarida parazitni olib tashlagandan keyin bo‘shagan elastik qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish usuli takomillashtirilganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 31.01.2024 yildagi IAP 07586-sonli ixtiro patenti) - “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga (2024 yil 10 maydagi m/24-son), Navoiy va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son va 2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruqlar) hamda NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi, Navoiy hududiy boshkarmasi, tibbiy-sanitariya bo‘limi amaliyotiga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruq) joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 06/74-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: usul jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash sifatini yaxshiladi, kasalxonada yotish vaqti va tiklanish davrini qisqartirishga yordam berdi, asoratlar chastotasini kamaytirdi. Bu boshqa bemorlar uchun statsionar davolanish imkoniyatini oshirish va sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: jigar exinokokkozida fibroz kapsulalarni takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash 63 nafar bemorda asoratlarning oldini olish va davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini berdi. Yangi davolash usuli qo‘llanilganda shifoxonada yotish muddati 3 kunga qisqardi. 63 nafar bemorda asoratlar oldi olindi. Tejamkorlik: 365000 so‘m × 3 kun × 63 bemor = 68835000 so‘m bir yilda. Bitta operatsiyaning o‘rtacha narxi 1200000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). 15 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1200000 so‘m × 15 bemor = 18000000 so‘m bir yilda. Umumiy yillik iqtisodiy tejamkorlik: 68835 000 so‘m + 18000000 so‘m = 86835000 so‘m. Xulosa: jigar exinokokkozida fibroz kapsulalarni davolashning takomillashtirilgan usulini qo‘llash bir yilda 86835000 so‘m (63 nafar bemor) iqtisod qilish imkonini berdi, shundan 69468000 so‘m byudjet mablag‘lari va 17367000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigarning asoratlanmagan exinokokkozida elastik qoldiq bo‘shliqni gemostatik vositani qo‘llash bilan birgalikda ul`trabinafsha lazer nurlanishi bilan davolash yallig‘lanish reaksiyasi darajasining pasayishini, mahalliy gemo va limfostazni, o‘t mikrooqmalarining germetizatsiyasi va obliteratsiya jarayonlarining kuchayishini ta’minlashi aniqlanganligi - “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga (2024 yil 10 maydagi m/24-son), Navoiy va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son va 2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruqlar) hamda NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi, Navoiy hududiy boshkarmasi, tibbiy-sanitariya bo‘limi amaliyotiga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruq) joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 06/74-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, asoratlar xavfining pasayishi va kapsula obliteratsiyasining tezlashishi bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi, ularning tiklanish vaqtini qisqartirdi va davolash muassasalariga tushayotgan yuklamani kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorlik: 403 nafar bemordan, yuqori energiyali lazer va antiseptik vositalar yordamida kombinatsiyalangan ishlov berilgan qattiq kapsulali 67 (17%) bemorda takroriy jarrohlik aralashuvi yoki uzoq muddatli drenaj kabi uzoq davolanishni talab qiladigan asoratlarning oldi olindi. Kombinatsiyalangan davolash qo‘llanilganda shifoxonada yotish muddati 3 kunga qisqardi. 67 nafar bemorda asoratlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 365000 so‘m × 3 kun × 67 bemor = 73215000 so‘m bir yilda (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Bitta operatsiyaning o‘rtacha narxi 1200000 so‘mni tashkil etadi. 15 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1200000 so‘m × 15 bemor = 18000000 so‘m bir yilda. Umumiy yillik iqtisodiy tejamkorlik: 73215000 so‘m + 18000000 so‘m = 91215000 so‘m. Xulosa: qattiq kapsulaga ishlov berishning kombinatsiyalangan usulini joriy etish takroriy aralashuvlar sonini kamaytirish va shifoxonada yotish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Bu esa bir yilda 91215000 so‘m (67 nafar bemor) tejash imkonini beradi, shundan 72972000 so‘m byudjet mablag‘lari va 18243000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
beshinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozi uchun an’anaviy va laparoskopik operatsiyalar vaqtida qoldiq bo‘shliqning zich devoriga mahalliy fizik (yuqori energiyali lazer nurlanishi) va kimyoviy (antiseptik va gemostatik vositalar) ta’siri bilan tavsiflanadigan zich fibroz kapsulani davolash usuli ishlab chiqilganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2.02.2024 yildagi IAP 07590-sonli ixtiro patenti) – “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga (2024 yil 10 maydagi m/24-son), Navoiy va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son va 2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruqlar) hamda NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi, Navoiy hududiy boshkarmasi, tibbiy-sanitariya bo‘limi amaliyotiga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruq) joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 06/74-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: asoratlarning 25% ga kamayishi reabilitatsiya muddatini qisqartirish va bemorlarning sog‘ayish prognozini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: 403 nafar bemordan 78 (19%) nafarida yuqori energiyali lazer yordamida antiseptik va gemostatik vositalar bilan birgalikda ishlov berilgan qattiq kapsulali bemorlarda qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlari yoki uzoq muddatli drenajlashni talab qilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olindi. Mazkur o‘ziga xos ishlov berish qo‘llanilganda shifoxonada yotish muddati 4 kunga qisqaradi. 78 nafar bemorda asoratlar kuzatilmadi. Tejamkorlik: 400000 so‘m × 4 kun × 78 bemor = 124800000 so‘m bir yilda. Bitta operatsiyaning o‘rtacha narxi 1500000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). 20 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldini olishga erishildi. Tejamkorlik: 1500000 so‘m × 20 nafar bemor = 30000000 so‘m yiliga. Umumiy yillik iqtisodiy tejamkorlik: 124800000 so‘m + 30000000 so‘m = 154800000 so‘m. Xulosa: yuqori energiyali lazer va antiseptik vositalardan foydalangan holda qattiq fibroz kapsulaga ishlov berishning noyob usulini joriy etish asoratlar sonini sezilarli darajada kamaytirish va shifoxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Bu esa yiliga 154800000 so‘m (78 nafar bemor) iqtisod qilishni ta’minlaydi, shundan 123840000 so‘m byudjet mablag‘lari va 30960000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
oltinchi ilmiy yangilik: yuqori energiyali lazer ta’siri fibroz kapsula zich devorining dozalangan destruksiyasini va yumshashini keltirib chiqarishi, antiseptik va gemostatik vositalarni mahalliy qo‘llash esa qoldiq bo‘shliqqa antiparazitar ishlov berish va bitish jarayonlarini yaxshilashni ta’minlashi isbotlanganligi – “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga (2024 yil 10 maydagi m/24-son), Navoiy va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son va 2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruqlar) hamda NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi, Navoiy hududiy boshkarmasi, tibbiy-sanitariya bo‘limi amaliyotiga (2024 yil 31 iyuldagi 124-son buyruq) joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 06/74-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: residiv va asoratlar ehtimoli past bo‘lgan bemorlarning tez tiklanishi ularning hayot sifatini yaxshilaydi va reabilitatsiya vaqtini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorlik: fibroz kapsulaning zich devoriga ishlov berish uchun antiseptik vositalar bilan dozalangan yuqori energiyali lazerni qo‘llash asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga, kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirishga va residivlar sonini kamaytirishga imkon beradi. Taklif etilgan usulni qo‘llash shifoxonada yotish davomiyligini 1 kunga qisqartiradi. Davolangan 92 nafar bemorda asoratlar oldi olindi. Tejamkorlik: 365000 so‘m × 1 kun × 92 bemor = 33580000 so‘m (“Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Bitta takroriy operatsiyaning o‘rtacha narxi 1200000 so‘mni tashkil etadi. 25 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1200000 so‘m × 25 bemor = 30000000 so‘m. Reanimatsiyadagi bir kunning o‘rtacha narxi 600000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). 92 nafar bemorda reanimatsiyada 2 kunga qisqardi. Tejamkorlik: 600000 so‘m × 2 kun × 92 bemor = 110400000 so‘m. Umumiy  yillik iqtisodiytejamkorlik: 33580000 so‘m + 30000 000 so‘m + 110400000 so‘m = 174980000 so‘m. Xulosa: fibroz kapsulani davolash uchun antiseptik vositalar bilan dozalangan yuqori energiyali lazerni qo‘llash yiliga 174980000 so‘mni (92 nafar bemor) iqtisod qilish imkonini berdi, shundan 139984000 so‘m byudjet mablag‘lari va 34996000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish