Umarov Zafarbek Zaripboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Portal gipertenziya asoratlarini oldini olish va davolashda kaminvazivli aralashuvlar kompleksining samaradorligi», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1758.
Ilmiy rahbar: Matkuliev O‘tkirbek Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Babajanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bekchanov Xusan Nurullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda qizilo‘ngach hamda oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishning oldini olish bo‘yicha bosqichli endoskopik va endovaskulyar aralashuvlardan iborat kompleks yondashuvni optimallashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizilo‘ngach hamda oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishning birinchi epizodi va qaytalangan holatlarining jigar sirrozi kechishiga ta’siri, shuningdek, patologik jarayonning rivojlanish sur’atlari, potensial xavf va og‘irroq funksional sinfga o‘tish muddatlarini tasdiqlash aniqlangan;
qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishining yo‘qligi kompensatsion mexanizmlarga kamroq ta’sir etishi bilan jigarning barqaror funksional holatini uzoq muddatli saqlashga yordam berishi va gemorragik sindromning kelib chiqishi kasallikning rivojlanishi va dekompensatsiyasini tezlashtirishda muhim trigger omilligi aniqlangan;
endoskopik va endovaskulyar usullarni bosqichma-bosqich qo‘llash taktikalari orqali gemodinamikani barqarorlashtirish va portal tizimdagi gipertenziyani pasaytirishidan dalolat beruvchi miqdor ko‘rsatkichlarni saqlab qolishda darvoza-jigar qon oqimi tezligini pasaytirishi isbotlangan;
portal gipertenziya bo‘lgan jigar sirrozida taloq arteriyasini parsial embolizatsiya qilish keyingi qo‘shimcha endovaskulyar aralashuvlar bilan birga qo‘llanganda, jigar arteriyasida qon oqimi tezligi va miqdorini oshirish orqali arterial qon aylanishining yanada samarali adaptiv xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilo‘ngach va oshqozonning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi bilan asoratlangan portal gipertenziya va jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarni bosqichli endoskopik va endovaskulyar davolash natijalari bo‘yicha quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach hamda oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishning birinchi epizodi va qaytalangan holatlarining jigar sirrozi kechishiga ta’siri, shuningdek, patologik jarayonning rivojlanish sur’atlari, potensial xavf va og‘irroq funksional sinfga o‘tish muddatlarini tasdiqlash aniqlanganligi - Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2022 yildagi 74-I-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filiali (29.12.2023 yildagi 190-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilgan mezonlarning joriy etilishi operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, tashxislash aniqligini oshirish va davolash taktikasini tanlashda qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish imkonini berdi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi, ularning shifoxonada qolish muddatini qisqartirdi va tibbiyot muassasalariga yuklamani kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorlik: taklif etilgan mezonlarni hisobga olgan holda tekshirilgan 171 nafar jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlar orasida 70 nafarida (41%) kasallikning rivojlanish xavfi belgilari aniqlandi. O‘z vaqtida aralashuv tufayli kasallikning dekompensatsiyasi va u bilan bog‘liq asoratlarning oldi olindi. Shifoxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirish: dekompensatsiya darajasida shifoxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 3 kunga oshiradi. Shifoxonada bir kun qolish narxi 365000 so‘mni tashkil etadi. 70 nafar bemor guruhi uchun tejamkorlik: 365000 so‘m × 3 kun × 70 nafar bemor = 76650000 so‘mga teng. Asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirish: dekompensatsiya bosqichini davolashning o‘rtacha narxi har bir bemor uchun 5000000 so‘mni tashkil qiladi. 70 nafar bemorda davolanishning ushbu bosqichi chetlab o‘tildi. Buning natijasida iqtisodiy tejamkorlik: 5000000 so‘m × 70 nafar bemor = 350000000 so‘mga teng. Umumiy tejamkorlik esa: 76650000 so‘m + 350000000 so‘m = 426650000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: operatsiyadan oldingi tashxislashning yangi mezonlarini qo‘llash jigar sirrozi dekompensatsiyasi kabi asoratlar xavfini samarali minimallashtirish va davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bemorlar guruhi uchun umumiy iqtisod 426650000 so‘mni (70 nafar bemor) tashkil etdi, bu esa mazkur usulning yuqori iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishining yo‘qligi kompensatsion mexanizmlarga kamroq ta’sir etishi bilan jigarning barqaror funksional holatini uzoq muddatli saqlashga yordam berishi va gemorragik sindromning kelib chiqishi kasallikning rivojlanishi va dekompensatsiyasini tezlashtirishda muhim trigger omilligi aniqlanganligi – Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2022 yildagi 74-I-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filiali (29.12.2023 yildagi 190-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: qon ketish residivlari chastotasining pasayishi davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshiladi va bemorlarning tibbiy yordam sifatidan qoniqish darajasini oshirdi. Iqtisodiy samaradorlik: qizilo‘ngach va oshqozonning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishining oldini olish bemorlarning prognozini yaxshilaydi shuningdek asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi. Shifoxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirish natijasida: qon ketishining oldini olishda shifoxonada yotish davomiyligi 5 kunga qisqaradi. Profilaktik choralar natijasida esa 50 nafar bemorda residivlarning oldi olindi. Natijada iqtisodiy tejamkorlik: 365000 so‘m × 5 kun × 50 bemor = 91250000 so‘m. Takroriy operatsiyalar chastotasini kamaytirish natijasida: bitta operatsiyaning o‘rtacha narxi 1200000 so‘mni tashkil qiladi. 15 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Natijada iqtisodiy tejamkorlik: 1200000 so‘m × 15 bemor = 18000000 so‘mni tashkid etadi. Umumiy tejamkorlik: 91250000 so‘m + 18000000 so‘m = 109250000 so‘m. Xulosa: qon ketishining oldini olish usulini qo‘llash residivlar va takroriy aralashuvlarning oldini olgan holda davolash xarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. Guruh uchun umumiy iqtisod 109250000 so‘mni tashkil etdi (65 nafar bemor);
uchinchi ilmiy yangilik: endoskopik va endovaskulyar usullarni bosqichma-bosqich qo‘llash taktikalari orqali gemodinamikani barqarorlashtirish va portal tizimdagi gipertenziyani pasaytirishidan dalolat beruvchi miqdor ko‘rsatkichlarni saqlab qolishda darvoza-jigar qon oqimi tezligini pasaytirishi isbotlanganligi – Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2022 yildagi 74-I-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filiali (29.12.2023 yildagi 190-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: qon ketish residivlari va ular bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirish bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga, ularning reabilitatsiyasini tezlashtirishga va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorlik: yangi usul bo‘yicha davolangan 100 nafar bemordan 40 (40%) nafarida qon ketish residivining oldi olingan. Bu har bir bemor uchun shifoxonaga yotqizish muddatini 3 kunga qisqartirish imkonini berdi. Bitta bemor uchun tejamkorlik hisobi: 365000 so‘m × 3 kun = 1095000 so‘mni tashkil etdi. 40 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik esa: 1095000 so‘m × 40 nafar bemor = 43800000 so‘mga teng bo‘ldi. Xulosa: bosqichli davolash taktikasini joriy etish yuqori klinik va iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatdi. Usul asoratlar chastotasini kamaytiradi, bemorlarning prognozini yaxshilaydi va davolanish xarajatlarini kamaytiradi. Guruh uchun umumiy iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 43800000 so‘mni (40 nafar bemor) tashkil etdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: portal gipertenziya bo‘lgan jigar sirrozida taloq arteriyasini parsial embolizatsiya qilish keyingi qo‘shimcha endovaskulyar aralashuvlar bilan birga qo‘llanganda, jigar arteriyasida qon oqimi tezligi va miqdorini oshirish orqali arterial qon aylanishining yanada samarali adaptiv xususiyatlari aniqlanganligi – Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2022 yildagi 74-I-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filiali (29.12.2023 yildagi 190-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda gemodinamik parametrlarning yaxshilanishi asoratlar chastotasini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash va davolash natijalaridan qoniqishni oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: TAPE yordamida davolangan 59 nafar bemordan 44 nafarida (74,6%) qaytalanadigan qon ketishining oldi olingan. Bu har bir bemor uchun gospitalizatsiya muddatini 2 kunga qisqartirish imkonini berdi. Bitta bemor uchun tejamkorlik hisobi: 365000 so‘m × 2 kun = 730000 so‘mga teng. 44 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy ko‘rsatgich: 730000 so‘m × 44 nafar bemor = 32120000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: TAPE usulini joriy etish nafaqat qon ketishining qaytalanish chastotasini sezilarli darajada qisqartirishga, balki davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Guruh uchun umumiy iqtisodiy tejamkorlik 32120000 (44 nafar bemor) so‘mni tashkil etdi.