Abdullaev Fayoz Rahmonqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Natriy perkarbonat ishlab chiqarishda aralashtirish jarayonini jadallashtirish va aralashtirgich qurilmasini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4597.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultanov Sardor Xudoyberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: natriy perkarbonatni aralashtirish jarayonini jadallashtirish va aralashtirgich qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aralashtirgich qurilmasida suyuq fazani purkab beruvchi forsunkalarni qo‘llab, tarkibida faol kislorod miqdori 14,8 % bo‘lgan natriy perkarbonat olish ilmiy asoslangan;
natriy perkarbonat tarkibidagi faol kislorod miqdori maksimum 14,8 % bo‘lishini ta’minlash uchun aralashtirgich qurilmasida beshburchak shakldagi parrakda aralashtirish jarayonida parraklarning aylanish chastotasi 120 ayl/min, aralashtirish vaqti 15 min va aralashma harorati 15℃ teng bo‘lgan maqbul rejimi ishlab chiqilgan;
aralashtirgich qurilmasida vertikal to‘siqli sovituvchi qobiqlarni qo‘llab, suvning issiqlik berish koeffisienti oshishi hamda natriy perkarbonat aralashmasini kerakli haroratda sovitish mumkinligi ilmiy asoslangan;
quruq sochiluvchan mahsulot, kalsinatsiyalangan soda (natriy karbonat) va suyuq mahsulotlar: vodorod peroksid, suvni aralashtirib, sifatli natriy perkarbonat ishlab chiqadigan aralashtirgich qurilmasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Natriy perkarbonat ishlab chiqarishda aralashtirish jarayonini jadallashtirish va aralashtirgich qurilmani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan aralashtirgich qurilma “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 8 iyuldagi 654/G‘K-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, import evaziga olib kelinadigan bakteriyalardan va mikroorganizmlardan tozalovchi reagentlarni mahalliylashtirish imkonini bergan;
quruq va suyuq fazalarni aralashtirish va sovutish jarayoninini amalga oshiruvchi aralashtirgich qurilmasini qo‘llash orqali natriy perkarbonat olish usuli “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 8 iyuldagi 654/G‘K-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida faol kislorod miqdori 14,8 % bo‘lgan natriy perkarbonat olish imkonini bergan.