Aymuratov Ulugbek Davletbay ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida yetishtiriladigan jo’xori navlari doni va unini saqlash texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1488
Ilmiy rahbar: Abdieva Gulmira Muratbekovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo’chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Rahim Odiljonovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida etishtiriladigan jo‘xori navlari doni va unini saqlash hamda turli non maqsulotlari tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “Boy jo‘xori” navi donini an’anaviy uyum holatida vaqtinchalik saqlaganda 15,3 % gacha yo‘qotish kuzatilgan bo‘lsa, 1000 kg gacha sig‘imli katta germetik qoplarda saqlashni joriy etganda umumiy yo‘qotilish darajasi 2,1% gacha pasayishi isbotlangan;
jo‘xori donini doimiy omborlarda saqlash usullarining sifatga ta’siri bog‘liqliklari o‘rganilib, 50 kg sig‘imli polipropilen qoplarda qadoqlangan holda 12 oygacha yuqori sifatda saqlash mumkinligi aniqlangan;
jo‘xori unini qadoqlashdan oldin 48 soat davomida etiltirish unning suv singdiruvchanlik xususiyatini 14% gacha oshishiga olib kelishi isbotlangan, shuningdek, jo‘xori unini polipropilen qoplarga qadoqlab, 120 kun davomida saqlaganda unning sifati pasaymasligi aniqlangan;
non mahsuloti uchun jo‘xori uni tayyorlashga “Daulet” va “Boy jo‘xori” navlari eng maqbul ekanligi, shuningdek, bug‘doy uniga 25% miqdorda jo‘xori uni qo‘shib tayyorlangan non mahsulotlari yangi xossalarga ega bo‘lishi va istiqbolda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirilgan jo‘xori doni va unini saqlash, unidan non tayyorlashda maqbul me’yorlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
un ishlab chiqarishga mos bo‘lgan jo‘xori navlarining donini saqlash ishlanmasi Taxtako‘pir tumani “Alisher Karaoy” fermer xo‘jaligiga 1 gektar maydonga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 oktyabrdagi 02/017-4215-son ma’lumotnomasi). Natijada, Daulet (nazorat), O‘zbekiston 5, Oranjevoe 160, O‘zbekiston pakanasi, Korabosh, O‘zbekiston 18, Sanzar, Shirin 91 va Boy jo‘xori navlari donlarini etishtirib, ularni vaqtinchalik saqlash natijasida 40-44 % samaradorlikka erishilgan.
jo‘xori donini saqlash ishlanmasi Chimboy tumanidagi “Alaqamba” fermer xo’jaligida 1 gektar, “Sadik-Anvarbek” fermer xo’jaligida 1 gektar hamda “Alauatdin” fermer xo’jaligida 1 gektar maydonda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2024-yil 23-oktyabrda 02/017-4215-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo’jaligida “Boy jo’xori” navidan 22,9 mln. so’m foyda va 35-40% samaradorlikka erishilgan.