Rajabova Nargizaxon Raxmonalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mineral xom-ashyoni qurituvchi barabanli quritgich konstruksiyasini takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4600.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamov Anvar Maxmudovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suglinokni qurituvchi barabanli quritgich uchun nasadka konstruksiyasini ishlab chiqish va uning ish rejimi hamda parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barabanli quritgichlarda qo‘llanadigan nasadka konstruksiyalarining  tizimli tahlili o‘tkazilgan υ simon tipdagi nasadka konstruksiyasi ishlab chiqilib suglinokni quritish jarayoni uchun nasadka parametrlari asoslangan;
υ simon nasadka bilan jihozlangan barabanli quritgichning aerodinamik qarshiligi issiqlik agenti tezligi υ=5÷20 m/s oralig‘i uchun aniqlangan va empirik tenglama olingan;
υ simon nasadka bilan jihozlangan barabanli quritigichda asosiy nasadkalarning soni 20, 24 va 28 dona bo‘lganda  ishchi organlarning ishqalanish va maxalliy qarshilik koeffisientlari 2,9 ÷ 5,9 gacha ko‘tarilishi tajribaviy aniqlangan;
aerodinamik qarshilikning quyi va yuqori yuklamalarida materialni quritgichda bo‘lish vaqti, xarorati, material namligi, issiqlik sig‘imi hamda moddiy balansi aniqlangan;
issiqlik agenti tezligining 5÷20 m/s oralig‘i uchun materialni isitishga sarflangan issiqlik miqdori 1151÷1241 kJ/kg·K bo‘lishi aniqlangan va empirik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. υ simon tipdagi nasadka konstruksiyasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va uni suglinokni intensiv quritish jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida;
υ simon tipdagi  nasadka konstruksiyasi “TURON ECO CEMENT GROUP” MChJning “2024-2025 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 27–avgustdagi 04/13-2411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat sinovlarida quritgichning ish unumdorligi 13,6  kg/s tashkil qilganda issiqlik agenti tezligi 16,45 m/s dan 13,6 m/s ga, barabandan chiqishda issiqlik agenti temperaturasi 73,1oC dan 50oC gacha kamayishini hamda issiqlik almashinish yuzasiga ta’siri 1,12 barobarga ortishi imkoniyati yaratiladi;
suglinokni quritish texnologik jarayonini to‘liq qanoatlantirishni inobatga olib tavsiya etilgan nasadkalarni sanoat nusxalarini ishlab chiqarish va tayyorlash texnologiyasi “TURON ESO SEMENT GROUP” MChJning “2024-2028-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 27 avgustdagi 04/13-2411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, υ simon tipdagi  nasadka konstruksiyasiysining sanoatga qo‘llanilishi quritilayotgan suglinkoning namligini 2.9÷5% tushirish hamda jarayonga sarflanadigan issiqlik agenti energiyasini 1,3 barobarga kam sarflash imkoni beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish