Yuldashev Xusan Maxmudovuchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Presslangan paxta moyini mexanik zarralardan ajratish jarayonini jadallashtirish va tindirish qurilmasini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3450.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaqulov Ulug‘bek Karimqulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: presslangan paxta moyini mexanik zarralardan ajratish jarayonini jadallashtirish va tindirish qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
presslangan paxta moyini ishlab chiqilgan fuzaushlagich qurilmasida ogʻirlik kuchi ta’sirida o‘lchami 0,1 mm bo‘lgan zarra cho‘kish tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi  qonuniyatlari aniqlangan;
fuzaushlagich qurilmasida presslangan paxta moyi tarkibidan zarrachaning cho‘ktirish vaqtida moy oqimining oqib o‘tadigan masofasini aniqlash qonuniyatlari olingan;
presslangan paxta moyi tarkibidan mexanik zarralarni tindirish darajasiga ta’sir etuvchi omillar (moy oqimi tezligi, moy temperaturasi, sterjenlar qiyaligi)ning ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan qiya ornatilgan sterjenli va gorizontal ko‘p seksiyali fuzaushlagichlarning tizimli tahlilga asoslangan ierarxik strukturasi tuzilgan va ushbu qurilma qismlarining jarayonni jadallashtirishga ta’siri qoquniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Presslangan paxta moyini mexanik zarralardan ajratish jarayonini jadallashtirish va tindirish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
presslangan paxta moyi tarkibidagi mexanik zarralarni tindirish jarayonini jadallashtiruvchi qurilmaning yangi konstruksiyasi “Asian Golden Oil” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 6 martdagi KS/3-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, press usulida olingan paxta moyi quyqasini cho‘ktirish jarayoni o‘rtacha 25% ga jadallashtirishga erishilgan bo‘lib, yangi qurilmada tindirilgan rafinatsiyalanmagan moyning cho‘kma miqdorini 3,8% dan 2,5% ga tushishiga hamda cho‘kmaning koagulyasiya jarayoni yaxshilanishi hisobiga ajratilgan fuza tarkibidagi moyning miqdori 1,4-martaga kamaytirish imkonini bergan;
presslangan paxta moyini mexanik zarralardan ajratish jarayoni uchun ishlab chiqilgan maqbul rejim “Sadaf Gold Oil” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 6 martdagi KS/3-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, 120 min davomida tindirish jarayonida rafinatsiyalanmagan moyning tarkibiga o‘tayotgan fuza miqdorini 0,5% dan 0,15% gacha, fuzaning yog‘dorligini 14% dan 5,8% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish