Ochilov Ulugbek Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlarda ruhiy buzilishlarning shakllanishi va dinamikasi», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.Phd/Tib170.
Ilmiy rahbar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanova Shaxlo Juraxanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: psixoaktiv modda qabul qiluvchi OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarda ruhiy buzilishlarning shakllanishi va dinamikasi xususiyatlarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixoaktiv modda qabul qiluvchi OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarda ruhiy buzilishlar va ularning shakllanish xususiyatlari aniqlangan;
psixoaktiv modda qabul qiluvchi OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarda ruhiy buzilishlarni ifodalovchi klinik xususiyatlar aniqlangan;
psixoaktiv modda qabul qiluvchi OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarda ruhiy buzilishlar holatlarida kasallik rivojlanishining xavf omillari aniqlangan;
psixoaktiv modda qabul qiluvchi OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarda ruhiy holatning o‘zgarish bosqichlarini inobatga olgan holda psixokorreksion tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlarda ruhiy buzilishlarning shakllanishi va dinamikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«OIVga chalingan, psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlarga maslahat berishning asosiy tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zR SSVning 2016 yil 4 noyabrdagi 8n-m/163-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlarga bosqichma-bosqich maslahat berish va psixoterapiya usullarining qo‘llanilishi, bemorlarni statsionarlarda davolanish davomiyligini qisqartirib, dori moddalari va asoratlar profilaktikasiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlarning ruhiy buzilishlari rivojlanishi, hayot sifati va reabilitatsion chora-tadbirlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Samarqand va Jizzax viloyat narkologik dispanserlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zR SSVning 2016 yil 1 dekabrdagi 8n-d/74-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida bemorlarning atrof-muhit va oila a’zolari yordamida ijtimoiy moslashuvi hamda bemorlarga tibbiy yordam kursatishni yaxshilash imkonini bergan.