Jo‘raev Eldor Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oxirgi ishlash davridagi konlarda geologik-fizik va texnologik ko‘rsatkichlarning neft olish jarayoniga ta’siri darajasini o‘rnatish», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1794.
Ilmiy rahbar: Agzamov Avaz Xamidillaevich  texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Azizbek Ulugbekovich, texnika fanlari doktori; Asadova Xulkar Boymanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli geologik va fizik sharoitdagi ob’ektlar guruhlari uchun neft chiqarib olish koeffisientining geologik-statistik modellarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbonat va terrigen jinsli kichik qovushqoq va karbonat jinsli yuqori qovushqoq neftli ob’ektlarda geologik omillarning NChOK kattaligiga ta’siri 70% dan ortiqligi asoslangan;
gaz osti neft uyumlarida geologik omillarning NChOK ga ta’siri 60% dan kam bo‘lishi va ob’ektlarni ishlatish samaradorligiga texnologik omillar ta’sirining ortishi isbotlangan;
uyumlarning hamma geologik-fizik sharoitlarida NChOK kattaligiga eng katta ta’sirni mahsuldor qatlamlarning geologik turliligini ko‘rsatishi isbotlangan;
ozod koeffisienti katta ko‘rsatgichli geologik-statistik modellarda NChOK kattaligini kichik oraliqda o‘zgarib geologik va texnologik omillarning ta’sir ulushining kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oxirgi ishlash davridagi konlarda geologik-fizik va texnologik ko‘rsatkichlarning neft olish jarayoniga ta’siri darajasini o‘rnatish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘nggi ishlatish bosqichidagi quduqlar to‘rini zichlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “SANEG” QK MChJ ning Shimoliy O‘rtabuloq konida joriy etilgan (“SANEG” QK MChJ ning 2024 yil 8 noyabrdagi 001-0001-2964-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yillik neft qazib chiqarish sur'ati 0,96% dan 1,14% ga va neft chiqarib olish koeffisienti 3,8% ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan neft chiqarib olish koeffisientining geologik-statistik modellari “SANEG” QK MChJ ning konlarida joriy etilgan (“SANEG” QK MChJ ning 2024 yil 8 noyabrdagi 001-0001-2964-2024-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, neft olish sur’atini va chiqarib olish koeffisientini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish