Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arpabodiyon, kashnich, anjir, chilonjiyda o‘simliklari asosida shifobaxsh tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K186.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Isaev Yusupjon Tojimamatovich kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Abdurashid Musoxonovich kimyo fanlari doktori, professor; To‘raev Zokirjon texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arpabodiyon, kashnich, anjir va jiyda o‘simliklarining turli kompozisiyalari asosida xalq tabobati uchun oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ularning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash hamda TIF TN bo’yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatida etishtirilgan chilonjiyda va anjir mevalari tarkibida gidrofil vitaminlarni YuSSX usulida aniqlash natijasida chilonjiyda mevasi B6, B3, B2 va C, oq anjir mevasi B1, B2, B6, B9, B12 va C, qora anjir mevasi B1, B2, B6, B9, B12 va C vitamilari ko’p miqdorda to’planishi isbotlangan;
Ilk bor “As surjum”, “Askarun” va “Askarufen” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi organnizm uchun zarur bo‘lgan makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan plazmali optik emission spektrofotometr yordamida aniqlangan;
“As surjum”, “Askarun” va “Askarufen” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi suvda eruvchan va fenol birikmalar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatogrammasi usuli yordami aniqlangan;
chilonjiyda va qora anjirning har xil og‘irlik nisbatlaridagi aralashmalari orasida, 1:1 nisbatdagi aralashma suvli ekstrakti in vitro sharoitida avtooksidlanish reaksiyasini kuchli ingibirlash qobiliyatini namoyon qilib, eng yuqori antioksidant faollik ko‘rsatishi aniqlangan;
“As surjum”, “Askarufen” va “Askarun” oziq-ovqat qo’shilmalarining in vitro sharoitida lipidlarni peroksidli oksidlanish mahsulotlariga hamda antioksidant fermentlari faolligiga ta’sirini o‘rganish yordamida ularning antiradikal faolligi yuqori ekanligini isbotlangan;
Farg‘ona viloyati hududida o‘suvchi arpabodiyon, kashnich, anjir va chilonjiyda o‘simliklari asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratilgan va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha tovar kodi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arpabodiyon, kashnich, anjir va chilonjiyda o‘simliklari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arpabodiyon urug‘i va kashnich bargi asosida “As surjum” nomli yangi oziq-ovqat qo’shilmasini ishlab chiqarish texnologik yo’riqnomasi (TY 477967747-01:2024) “UzTest” O‘zbekiston ilmiy-sinov va siaft nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (“UzTest” O‘zbekiston ilmiy-sinov va siaft nazorati markazi laboratoriyasining 2024 yil 3 maydagi 002-120/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chilonjiyda mevasi, kashnich o‘simligining er ustki qismi, arpabodiyon urug‘i kompozisiyasi asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo’shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
chilonjiyda va anjir mevalari kompozisiyasi asosida “Askarun” nomli yangi oziq-ovqat qo’shilmasini ishlab chiqarish texnologik yo’riqnomasi (TY 303271760-04:2024) “UzTest” O‘zbekiston ilmiy-sinov va siaft nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (“UzTest” O‘zbekiston ilmiy-sinov va siaft nazorati markazi laboratoriyasining 2024 yil 3 maydagi 002-120/3-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh 2024 yil 6 avgustdagi 016831-son ma’lumotnomasi). Natijada, chilonjiyda va anjir mevalari asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo’shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
chilonjiyda mevasi, kashnich o‘simligining er ustki qismi, arpabodiyon urug‘i kompozisiyasi asosida “Askarufen” nomli yangi oziq-ovqat qo’shilmasini ishlab chiqarish texnologik yo’riqnomasi (TY 477967747-01:2024) “UzTest” O‘zbekiston ilmiy-sinov va siaft nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (“UzTest” O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi laboratoriyasining 2024 yil 3 maydagi 002-120/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, chilonjiyda mevasi, kashnich o‘simligining er ustki qismi, arpabodiyon urug‘i kompozisiyasi asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo’shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Askarufen” va “Askarun” nomli tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari tovar sifatida sinflanib, unga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “chilonjiyda, anjir va ayrim dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan, tarkibida B, C, PP kabi vitaminlar, rutin, kversetin, apigenin kabi flavonoidlar, foydali aminokislotalar, polisaxaridlar, oqsillar kabi tabiiy birikmalar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari, dori vositasi emas” uchun – 1212 30 150 7 kod raqami ishlab chiqilgan va O‘zbeksiton Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 17/05-24-0005-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, chilonjiyda, anjir va ayrim dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shilmalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash imkonini bergan.