Ziyaev Dilshod Abdullaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Rux metallini ajratib olishga xalaqit beruvchi ionlarni aniqlash uchun modifikatsiyalangan elektrokimyoviy sensorlar ishlab chiqish”, 02.00.02-Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/K120.
Ilmiy maslahatchi: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Usmonova Xilola Ummatalievna, kimyo fanlari doktori, professor; Sadikov Ilhom Ismoilovich, texnika fanlari doktori, proffessor, akademik.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: rux elektrolitlari va tabiiy obektlar tarkibidan  kadmiy, mis, surma, selen va tellur ionlarining aniqlash uchun modifikatsiyalangan elektrokimyoviy sensorlarni (MES) ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rux elektroliti tarkibidagi rux elektoliziga selen va tellur ionlarini halaqit berishi aniqlangan va ularni Fe(OH)3 bilan ammiakli muhitda birgalashib choʻktirish orqali bartaraf etilgan;
grafit asosidagi elektrokimyoviy sensorni  ex situ usuli boʻyicha 1-(2-sulfo-4-nitrofenil-6 gidrokso)-3-[4-(4-sulfofenilazo)fenil] triazenning ikki natriy almashingan tuzi (kadion), alizarin qizili S, pirokatexin binafshasi bilan kadmiy, rux, mis, in situ usuli boʻyicha malahit yashili, aminobenzidin, gidrozin sulfat bilan modifikatsiyalab,  surma, selen va tellur ionlarini aniqlashda qo‘llanilgan.
ilk bor grafit asosidagi elektrokimyoviy sensorni simob va qo‘rg‘oshin bilan intermetall qatlam (Pb/Hg/ES) hosil qilib, selen(IV) ionini, tellur(II) ionini esa  simob va kadmiy qatlamini (Cd/Hg/ES) hosil qilish orqali anodli AIV aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
organik reagentlar bilan MES yordamida Cu, Zn, Cd, Se, Te va Sb ionlarini AIV usulning maqbul sharoitlari: Cu(II) uchun universal bufer eritmasining pH=5,0-5,5, fon elektrolit 1,4 M KNO3, elektrod yuzasiga yig‘ilish vaqti 190 s.; Zn uchun universal bufer eritmasining pH=4,0-5,0, fon elektrolit 1,0 M KSl, elektrod yuzasiga yig‘ilish vaqti 160 s.; Cd uchun pH=10-11, fon elektrolit 1,0 M NH4Cl, elektrod yuzasiga yig‘ilish vaqti 160 s., ga teng ekanligi tanlangan hamda  modifikatsiyalanmagan sensorga nisbatan quyi aniqlash chegarasi 5 marta kamaytirilgan;
intermetall qatlam hosil qilish orqali Se(IV) va Te(II) ionlarini aniqlashning maqbul sharoitlari: Se(IV) ioni uchun universal bufer eritmasining pH=4,0-5,0, fon elektrolit 0,7 M SN3SOONa, elektrod yuzasiga yig‘ilish vaqti 150 s., Te(II) uchun universal bufer eritmasining pH=5,0-6,0, fon elektrolit 0,8 M (NH4)2SO4, elektrod yuzasiga yig‘ilish vaqti 180 s. tanlangan hamda rux ionining halaqit berish darajasi Se(IV) va Te(II) ionlarining potensiallarini musbat sohaga siljitish orqali aniqlashning tanlab ta’sir etuvchanlik oshirilgan;
grafit asosidagi kadion, piroketaxin binafshasi va alizarin qizil S reagentlari bilan modifikatsiyalangan ES yordamida Cd, Cu va Zn ionlarini aniqlash kompleks hosil qilishi reaksiyasi asosida borishi siklik voltamperometriya usulda formal potensiallari: Zn bilan alizarin qizili S kompleksi uchun -220 mV, Cd(II) bilan kadion kompleksi uchun 140 mV, Cu bilan piroketaxin binafshasi kompleksi uchun 70 mV ekanligi bilan tasdiqlangan hamda sensor yuzasida metal ionlarining mustahkam bog‘langanligi yarim to‘lqin potensiali qiymatining musbat sohaga siljishi bilan isbotlangan;
Se(IV) va Te(II) ionlarini intermetall qatlamga ega bo‘lgan sensor yuzasida aniqlashning yarim to‘lqin potensiallari -600 mV va -400 mVga tengligi hamda elektrod yuzasida ishtirok etayotgan elektronlar soni selen ioni uchun 4 va tellur ioni uchun 2 ga tengligi, Lingeyn usulida diffuzion tokning logarifmik qiymatining yarim to‘lqin potensialiga bog‘ligidan topilgan;
elektodlarga ex situ usulida organik reagentlarni modifikatsiyalashdan hosil qilingan elekrodlar bilan metal ionlarini aniqlashda bufer eritmalarning qo‘llanilishi vodorod ionini reagentlarni faol holatga o‘tkazishi, adsorbsion modifikatsiyalash usulida esa Pb/Hg/ES va Cd/Hg/ES qatlamli sensorlarning selen va tellur ionlarini aniqlashda fon elektroltlarni qo‘llash eritmaning qarshiligini kamaytirishi hamda metallarning intermetallik xossasini oshirishi ion kuchi ta’sirida borish Shemyakin  qonuniyatiga mos kelishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan mis, selen, tellur, kadmiy, surma va rux ionlarini aniqlashning AIV usulining quyi aniqlash chegarasi Cu2+ uchun 0,4 mkg/l, Zn2+ uchun 10 mkg/l, Cd2+ uchun 3,0 mkg/l, Se4+ uchun 7,0 mkg/l, Te2+ uchun 5,0 mkg/l va Sb5+ uchun 2,0 mkg/l tashkil qildi va olingan natijalarning aniqligi korrelyasiya koeffisienti 1 ga yaqinligi bilan izohlangan. Kadmiy(II), mis(II), surma(V), rux, selen(IV) va tellur(II) ionlarini aniqlashga halaqit beruvchi kationlarining taʼsiri kamaytirilgan hamda ishlab chiqilgan usulning nisbiy standart chetlanishi 0,113 dan oshmasligi isbotlangan.
Modifikatsiyalangan kadion, alizarin qizil S, pirokatexin binafsha, malaxit yashil, aminobenzidin va sulfat kislota gidrazin yordamida ishlab chiqilgan AIV usuli mis, rux, selen, tellur, kadmiy va surma ionlarini aniqlash imkonini berdi. Ushbu usul AIV usulining metrologik xususiyatlarini yaxshilashga, Cmin darajasini ikki darajaga pasaytirishga, sezgirlikni to‘rt barobar oshirishga va tezkorlikni ikki barobar oshirishga imkon berdi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan usul kadmiy, mis, rux, surma, selen va tellur ionlarini ajratish va konsentrlash hamda aniqlashning AIV usullari natijalari asosida:
takomillashtirilgan selen va tellur ionlarini tanlab choʻktirish usuli Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ amaliyotiga joriy etilgan (Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJining 2022-yil 4-martdagi 0090-son maʼlumotnomasi). Natijada selen va tellurni tanlab cho‘ktirish orqali, sof rux metali ajratib olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan mis, surma, selen va tellur ionlarini AIV aniqlash usuli Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ ruh zavodi laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon metallurgiya kombinatining 2022-yil 18-fevraldagi 244-sonli maʼlumotnomasi). Natijada mis, surma, selen va tellur ionlarini yuqori sezgirlikda aniqlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan mis, kadmiy, surma, selen va tellur  ionlarini AIV aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi “Elektrokimyoviy zavod” qo‘shma korxonasining “Markaziy laboratoriyasi”da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “Elektrokimyoviy zavod” qo‘shma korxonasi AJ ning 2024-yil 24/01-02-10/0240-son ma’lumotnomasi). Natijada ichimlik, oqava, texnologik suv va  sanoat xomahyolari tarkibidan  mis, kadmiy, surma, selen  va tellur ionlarini yuqori sezgirlikda aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish