Sayt test rejimida ishlamoqda

Qurbanova Latofat Mamadiyorovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Natriy-karboksimetilsellyuloza va azot, fosfor tutgan birikmalar asosidagi yashil ingibitorlarning samaradorligi”, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K690.
Ilmiy rahbar: Eshmamatova Nodira Bahromovna, kimyo fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Rashidova Komila Xamidovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: metallarni korroziyadan samarali himoyalaydigan natriy-karboksimetilselluloza birikmalarini va poliz ekinlaridan ekstraksiyalangan yashil ingibitorlarni yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor citrullus lanatus, cucumis melo, cucurbita ekstrakt namunalari ajratib olingan va natriy-karboksimetilselluloza asosidagi ingibitorlar sentez qilingan. Yashil ingibitorlarning poʻlat 3 va 45 namunalari uchun samaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan;
qutblanish qarshiligi, qutblanish egrilari, ochiq zanjir potensiali, elektrokimyoviy tovush usullari asosida korroziya potensiali, korroziya toki aniqlanib, yashil ingibitorlarning himoyalash darajasi 95,54%ga etganligi, shu bilan birga ularni harorat va konsentratsiyaga bog‘liqligi ko‘rsatilgan;  
yuqori samarali suyuqlik xromatagrafiyasi usuli citrullus lanatus, cucumis melo, cucurbita ekstraktlarida flavonoidlar va vitaminlar mavjudligi ko‘rsatilgan, yashil ingibitorlarning 30 mg/l konsentrasiyada to‘la qoplanish darajalari 0,9554 ga tengligi va ingibirlash jarayonining termodinamik funksiyalari aniqlangan;
citrullus lanatus, cucumis melo, cucurbita yashil ingibitorlarida turli funksional guruhlar mavjudligi hisobiga ichki molekulyar sinergizm effekti kuzatilgan hamda bunday ingibitorlarning metall sirtida zich qavatlar hosil qilishi va ingibirlash samarasining ortishiga olib kelishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallarni korroziyadan saqlashda yashil ingibitorlar qo‘llanilganda olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy-karboksimetilselluloza va azot, fosfor tutgan yashil ingibitorlari Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 18 martdagi 45/GK-03-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, po‘lat namunalari poliz ekinlaridan ajratib olingan azot, fosfor tarkibli ekstrakt namunalari eritmada qatlamlar hosil qilib metallni himoyalagani aniqlandi. Qo‘llanilgan ingibitorlar metall sirtiga aralash tipdagi ingibitorlar sifatida taʼsir qilishi aniqlandi. Bundan tashqari, metall eritmada turli ionlar bilan ingibitorni taʼsir qilishi hamda qiyin eruvchan mahsulotlarni hosil bo‘lishi va himoyalovchi qatlamlar hisobiga ular korroziya jarayonini tormozlashi va kamaytirishi aniqlangan;
A-FA-2021-18 raqamli “Gazni qayta ishlash jarayonida chiqindi suvlaridan elektroliz qilish usuli bilan vodorod sul’fidni tozalash, flegmadan metildietanolaminni va uch fazali ajratkich orqali gaz kondensatini ajratish texnologiyasini yaratish” (2022-2023 yy.) ilmiy loyihasida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi FTK-0313/703-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida metallarni xizmat muddatini uzaytiruvchi ingibitorlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish