Sayt test rejimida ishlamoqda

Raxmonova Dilnoza Salamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Benzimidazol hosilalarining d-metallar bilan gomo- va geteroligandli, aralash metalli komplekslarining yo‘naltirilgan funksionallashuvi va strukturaviy dizayn jarayonlarining qonuniyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi, 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/K104.
Ilmiy maslahatchi: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: benzimidazol hosilalarining d-metallar bilan gomo- va geteroligandli, aralash metalli komplekslarining yo‘naltirilgan funksionallashuvi va strukturaviy dizayn jarayonlarining qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ba’zi d-metallarining benzimidazol hosilalari bilan 100 ta yangi gomo-, geteroligandli va aralash metalli kompleks birikmalari sintez qilingan;
sintez qilingan Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) larni xloridli, nitratli, atsetetli tuzlarini L1-7 lar bilan M:L 1:2 va Co(II), Cu(II) va Cd(II) sulfatli tuzlarini L1 bilan M:L 1:3 nisbatdagi yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari aniqlangan va olingan natijalar “tarkib–tuzlilish–xossa” munosabatlariga mos kelishi isbotlangan;
ilk bor L3, L6, L7 ning nitratli, sulfatli adduktlarini, L1 ning Co(II) va Zn(II) atsetatlarini tetraedr, Cu(II) atsetatini L1 bilan qiyshiq oktaedr, Cd(II) atsetat, sulfat, nitratini L1 bilan oktaedr, V(IV,V) ning L1 bilan oktaedr va tetraedr, Cu(II) va Co(II) xloridlarini L3 bilan tetraedr shakldagi kompleks birikmalarining molekulyar va kristall tuzilishlari isbotlangan;
ikkita yangi polimorf [CuL12(Ch3COO)2] komplekslarining stereokimyoviy va elektron ta’sirlar hamda Yan-Teller effekti tufayli metall-kislorod bog‘larining aksial holatda uzayishi hisobiga qiyshiq oktaedr shakldagi mis ionining koordinatsion soni KS=6 ga teng bo‘lgan sp3d2 gibridlanishli mono va dimer komplekslarining tuzilishlari aniqlangan;
yangi sintez qilingan komplekslarning termik xossalarining metall va atsidoligand tabiatiga bog‘liqligi aniqlanib, L2 bilan kompleks birikmalarda termik barqarorlik asidoligandlar NO3-< Ac- < SO42- < Cl-. va metallar Co(II)˂Cu(II)˂Ni(II) qatorida ortib borishi isbotlangan;
ilk bor 3 ta ligand va 18 ta yangi komplekslarning kristall tuzilishlari isbotlangan hamda koordinatsion poliedrning geometriyasi kristallar tuzilish arxitekturasidagi atsido- va geterotsiklik ligandlarning tabiati va sterik ta’siriga, metallarning tabiati va elektron konfiguratsiyasi, kislota-asosli xossalargia bog‘liqlik qonuniyatlariga mosligi aniqlangan;
ilk bor RSA yordamida etil spirtining katalitik oksidlanishi natijasida 2-amino-1-metilbenzimidazolning misli kompleksini atsetaldegid bilan [CuL12]Ch3CO intermediatli tuzilishi isbotlangan;
yangi sintez qilingan birikmalarning in silico usulida biologik faolligining potensial turlari, zaharliligi va bioprepatlarning so‘rilishi, tarqalishi, metabolizmi hamda metabolik parametrlari absorbsiyasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
vanadil (II) atsetilatsetonatining 2-amino-1-metilbenzimidazol bilan yangi kam zaharli kompleksining in vivo usulida qand miqdorini 32% ga kamaytirish orqali gipoglikemik faolligi aniqlangan;
bug‘doyning o‘sishini tezlashtirish va hosildorligini oshirish uchun yangi samarali stimulyator yaratilgan hamda yangi L1Cu, L1Zn, L1Cd, L1CuV kompleks birikmalarning kuchli kislotali muhitda biokorroziyaning ingibirlash mexanizmi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. benzimidazol hosilalarini oraliq metallar bilan yangi biologik faol metallokompleks birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
DS–3 stimulyator preparati toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 15- sentyabrdagi 02/021–2930-sonli ma’lumotnomasi). natijada, DS–3 preparatidan foydalanib bug‘doyning unib chiqishi 3–4 kunga tezlashib, pishishi 9–11 kunga qisqargan, hosildorlik esa gektariga 9 foizga oshgan;
2-amino-1-metilbenzimidazol asosidagi L1Cu, L1Zn, L1Cd, L1CuV tarkibli metallkomplekslar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ da amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024-yil 6-noyabrdagi 3/01–01–07/688-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyasi va qurilmalarida biokorroziyani ingibirlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlarni 30% gacha kamaytirish orqali samarali qo‘llashga xizmat qilgan;
6 ta yangi birikmalarning  rentgen  tuzilish  tahlili natijalari kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (the Cambridge structural database, CCdC nomerlari 2143895, 2142658, 2142657, 2394328, 2394331). natijada, kompleks birikmalarning kristall tuzilishi natijalari, ma’lum tuzilish va xossalarga ega bo‘lgan o‘xshash birikmalarni olishda foydalanish imkonini bergan;
yangi kompleks birikmalar sintez usullari bo‘yicha ma’lumotlardan OT-F7-09 “Yuqori tarmoqlangan polimer matrisaga N,O,P,S – polifunksional ligandlarni immobillash orqali metallar uchun nanokompozision sorbentlarni maqsadli olishning nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada birikmalarning metallkomplekslarini maqsadli sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 25-dekabrdagi 86-06-1185-sonli ma’lumotnomasi). natijada, analogik yangi komplekslarni olish va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish