Matchanova Durdona Shapurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “A.pratovii va A.moneta misolida Atriplex turkumidagi o‘simliklarning tuzga chidamlilik genlarini o‘rganish”, 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B383.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Abdumavlonovich biologiya fanlari doktori; Shaxmurova Gulnara Abdullaevna biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Atriplex pratovii va Atriplex moneta o‘simliklarining sho‘rga chidamlilik genlarining biokimyoviy xususiyatlarini va turlariga xos genlarining molekulyar-genetik tavsifi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta, A. pratovii va A. moneta o‘simliklarining tuproqdan makroelementlarni tahlil qilish va akkumulyasiya qilish qobiliyatining turlicha ekanligi aniqlangan: A. pratovii natriy va xlor ionlarini samarali tarzda utilizatsiya qilsa, A. moneta magniy, kaliy va fosforni samarali tarzda akkumulyasiya qiladi;
A. pratovii o‘simliklarida mis va stronsiy miqdori statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlangan, shu bilan birga, A. moneta o‘simliklarida kobalt, temir, nikel va rux miqdori yuqori;
birinchi marta, A. pratovii o‘simliklarida stress aminokislotalari (asparagin kislota, serin, prolin, valin, leysin, izoleysin va gistidin) miqdorining yuqori ekani aniqlangan;
antioksidant fermentlarining (peroksidaza va superoksiddismutaza) faolligi A. pratovii o‘simliklari ildizida A. moneta o‘simliklari bilan solishtirganda yuqoriroq ekanligi ko‘rsatilgan;
birinchi marta O‘zbekiston hududida o‘sadigan Atriplex pratovii va Atriplex moneta o‘simliklarida tuzga chidamli ABI5, NCED1 va NHX genlari amplifikatsiyalangan;
birinchi marta, Atriplex turkumiga mansub o‘simliklarda NHX genining molekulyar tavsifi o‘tkazildi hamda ushbu gen tuzilmasi stabilizatsiyalovchi tanlanish taʼsirida sezilarli darajada o‘zgarish sodir bo‘lmagani aniqlandi;
birinchi marta O‘zbekiston hududida o‘sadigan Atriplex pratovii va Atriplex moneta o‘simliklarining IS2 hududi va rbcL genining nukleotidlar ketma-ketligi aniqlandi va NCBI ma’lumotlar bazasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (OR857376.1, OR857403.1, PP001105.1, PP027936.1).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol dengizining qurigan tubida tarqalgan Atriplex pratovii o‘simligining tuzga chidamlilik va tur spesifik genlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Atriplex pratovii va Atriplex moneta o‘simliklarining tuzga chidamlilik genlari ABI5, NCED1, NHX va tur identifikatsiyasi uchun standart IS2 va rbcL genlari asosida tuzga chidamlilik genlarini aniqlash bo‘yicha natijalardan AL4721035462-raqamli "Cho‘l oziq-ovqat ekinlarining yangi navlarini yaratish uchun raqamli geoaxborot bankini tashkil etish" mavzusidagi amaliy loyihada Atriplex undulata va Atriplex pratovii o‘simliklarining tuzga chidamlilik genlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi №4/17-4/4-12000-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l mintaqasida o‘sadigan o‘simliklarning tuzga chidamliligini molekulyar-genetik baholash va filogenetik tahlil qilish imkonini bergan. Shuningdek, dunyodagi florist olimlarga Markaziy Osiyoda o‘sadigan Atriplex turkumining filogenetik tahlilini o‘tkazish imkonini yaratgan;
Atriplex pratovii va Atriplex moneta o‘simliklarining standart IS2 va rbcL genlari, shuningdek, O‘zbekistonda o‘sadigan ushbu o‘simliklarning IS2 hududi va rbcL genining nukleotid ketma-ketliklari NCBI ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga olingan (OR857376.1, OR857403.1, PP001105.1, PP027936.1). Natijalar ushbu turlarni molekulyar-genetik identifikatsiya qilish imkonini berdi va filogenetika va tuzga chidamlilik genetikasiga oid keyingi tadqiqotlar uchun asos yaratilgan.