Sayt test rejimida ishlamoqda

Sayfieva Xamida Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mitoxondriyalar Ca2+ ga bog‘liq megaporasiga ayrim polifenol birikmalarning ta’sir mexanizmlari”, 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B387.
Ilmiy rahbar: Ergashev Nurali A’zamovich biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Mirxamidova Parida, biologiya fanlari doktori, professor; Fayziev Diyor Davronovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Plantago lanceolata L. o‘simligidan ajratib olingan polifenol 2-DVG - 2-O-bis-digalloil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza, Plantago major L. o‘simligidan ajratib olingan ksilopir-T (geksagidroksidifenoil-1-(O-2-O-galloil-β-D-glyukopiranozid)-1-(O-β-D-ksilopiranozid) va glyukopir-T (geksagidroksidifenoil-1-(O-β-D-glyukopiranozid)-2-(O-4-D-galloil-β-D-glyukopiranozid), Euphorbia franchetii o‘simligidan ajratib olingan EGKG (Epigallokatexingallat) polifenol birikmalarini kalamush jigar mitoxondriyalari Ca2+-bog‘liq megaporasiga ta’sirini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-DVG, ksilopir-T, glikopir-T va EGKG polifenollarining in vitro tajribalarda MDA hosil bo‘lishini kichik mikromol konsentratsiyalarda ingibirlashi, va DFPG radikali bo‘yicha antiradikallik xossasini ko‘rsatib, yuqori antioksidant va antiradikal faollikni namoyon qilishi aniqlangan;
2-DVG, ksilopir-T, glyukopir-T va EGKG polifenollari kalamush jigar mitoxondriyalarining Ca2+ ionlariga bog‘liq megaporasini konformatsion ochiq holatga o‘tishini FAD-bog‘liq substratlar ishtirokida ingibirlashi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda 2-DVG polifenoli boshqa o‘rganilgan polifenollarga nisbatan mitoxondriyalar megaporasiga 100 mkM gacha bo‘lgan konsentratsiyada yuqori ingibirlovchi ta’sirini namoyon qilgan;
2-DVG, ksilopir-T, glyukopir-T va EGKG polifenollari NAD-bog‘liq substratlar ishtirokida kalamush jigar mitoxondriyalari Ca2+-bog‘liq megaporasini yuqori faollik bilan ingibirlashi ko‘rsatilgan;
2-DVG, ksilopir-T, glikopir-T va EGKG polifenollari mitoxondriyalar megaporasini suksinatli (rotenon bilan) muhitda uning maxsus ingibitori hisoblangan SsA ning yarim maksimal ingibirlovchi konsentratsiyasi ishtirokida 2-DVG va ksilopir-T polifenollari 50 mkM konsentratsiyada 75% atrofida ingibirlanishiga olib kelgan bo‘lsa, EGKG esa 100 mkM konsentratsiyada 82% ga va glyukopir-T polifenoli esa 200 mkM konsentratsiyada 87% ga ingibirlashi ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘ziga xos yuqori natijalarni namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polifenollarning kalamush jigar mitoxondriyalari megaporasini substratlarga bog‘liq ta’sir mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Plantago major L. o‘simligidan ajratib olingan geksagidroksidifenoil-1-(O-β-D-glyukopiranozid)-2-(O-4-D-galloil-β-D-glyukopiranozid) va geksagidroksidifenoil-1-(O-2-O-galloil-β-D-glyukopiranozid)-1-(O-β-D-ksilopiranozid) polifenollarining in vitro sharoitda membranafaol xossalari bo‘yicha natijalardan A-MZ 2019-41 raqamli «Sho‘rlangan tuproqlarda ildiz tizimining mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish» amaliy loyihada sho‘rlangan tuproqlarda etishtirilgan shirinmiyaning mahsuldorligi va tarkibiy jihatdan biologik faolligini oshirishi baholangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 2 fevraldagi №4/17-4/4-1642-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan tuproqlarda shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda uning mahsuldorligini va kimyoviy tarkibini tavsiflash imkonini bergan;
polifenol birikmalarning farmakologik xossalari asosida A-MZ 2019-41 raqamli «Sho‘rlangan tuproqlarda ildiz tizimining mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish» amaliy loyihada amaliy loyihada o‘zida yuqori biofaol birikmalar saqlovchi shirinmiya o‘simligini o‘stirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 2 fevraldagi №4/17-4/4-1642-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, optimal ozuqa muhitlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan;
2-DVG polifenoli in vitro sharoitda jigar mitoxondriyalari megaporasiga (mPTP) ingibirlovchi va malon dialdegid hosil bo‘lishini kamaytirishi bo‘yicha olingan natijalardan «The project of Medical Center at Training & Research Institute - Jeramba Ilmu Sukses» loyihada membranafaol birikmalarni aniqlashda foydalanilgan (University of Gothenburg Research Center of Molecular and Clinical medicine, Sweden 2023 yil 13 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llanilishi asosida o‘simliklardan samarali sitoprotektor xossaga ega polifenollarni ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish