Normamatov Adhamjon Sa’dulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “5-sulfosalisil kislota asosidagi yangi koordinatsion birikmalarning sintezi, tuzilishi, biologik faolligi va 3d modellash”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K753.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmonova Dilnoza Salamovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5-sulfosalisil kislota asosidagi yangi koordinatsion birikmalarning sintezi, tuzilishi, biologik faolligi va 3D modellashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor 5-SSK va MEAning Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Mn(II) va Ag (I) ionlari bilan diskret va polimer tuzlishli 12 ta koordinatsion birikma sintez qilingan.
RTT, IQ-spektroskopiya, UB-spektroskopiya, DTA tekshirish usullari orqali olingan koordinatsion birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari aniqlanib, ulardan geksoganal oktaedir geometriyada [Cu(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Zn(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Ni(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Co(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Mn(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Cu(H2O)4(5-SSK)2]•H2O, [Cu(H2O)4(5-SSK)2] diskret koordinatsion birikmalar, {[Co(H2O)4(5-SSK)]}n va {[Ag2(H2O)3(5-SSK)2]H2O}n polimer koordinatsion birikmalar, {[Cu3(5-SSK)2(MEA)4](H2O)2}n, {[Mn(5-SSK)2](MEA)(H2O)}n, va {[Cu(5-SSK)2](MEA)2(H2O)2}n aralash ligandli polimer koordinatsion birikmalar ekanligi aniqlangan;
ilk bor sintez qilingan koordinatsion birikmalarning patogen bakteriyalarga qarshi yuqori sellektiv ta’sirga ega ekanligi aniqlangan. “In silico” yondashuvi yordamida [Cu(H2O)4(5-SSK)2]•H2O va [Cu(H2O)4(5-SSK)2] tarkibli komplekslarning patogen bakteriyalar oqsiliga bog‘lanish natijalari an’anaviy “in vivo” usul bilan tasdiqlangan;
ilk bor sintez qilingan monoligandli [[Cu(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Zn(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Ni(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Co(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Mn(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Cu(H2O)4(5-SSK)2]•H2O, [Cu(H2O)4(5-SSK)2], {[Co(H2O)4(5-SSK)]}n koordinatsion birikmalarning barqarorlik konstantalari spektroskopik usullar bilan o‘rganildi va eritmalardagi eng barqaror birikma [Cu(H2O)4(5-SSK)2]•H2O ekanligi aniqlandi;
sintez qilingan [Cu(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Zn(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Ni(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Co(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Mn(H2O)6](5-SSK)2•2H2O, [Cu(H2O)4(5-SSK)2]•H2O, [Cu(H2O)4(5-SSK)2] va {[Co(H2O)4(5-SSK)]}n koordinatsion birikmalarning kristallografik ma’lumotlaridan foydalanib Hirshfeld sirt xususiyatlari aniqlangan;
sintez qilingan barcha koordinatsion birikmalar bakteriyalarga qarshi biologik faol hamda 4-sinf “kam zaharli” kimyoviy birikmalar toyifasiga kirishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-SSKni Cu(II) bilan sintez qilib olingan [Cu(H2O)4(5-SSK)2] tarkibli koordinatsion birikmaning tuzilishi, biologik faolligi va boshqa xususiyatlarga asoslanib O‘zR Adliya vazirligi “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasidan IAP 7856 raqami bilan qayd qilingan mualliflik guvohnomasi olingan. O‘zbekiston Respublikasi Ixtirolar davlat reestrida 25.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tkazildi;
5-SSKni Cu(II) bilan sintez qilib olingan [Cu(H2O)4(5-SSK)2]•H2O va [Cu(H2O)4(5-SSK)2] tarkibli KBlarining patogen bakteriyalarga qarshi  dizenfiksiyalovchi xususiyatiga asoslanib “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning konstruksiya va qurilmalarida korroziyani keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi sinovdan o‘tkazildi va korroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» ning 22.11.2024 yildagi 985/GK-11 sonli ma’lumotnomasi). Natijada zavodning konstruksiya va qurilmalarida korroziya jarayonining sekinlashishi va uzoq vaqt ishchi holatda saqlab turishiga erishilgan;
5-SSK asosida sintezlangan {[Cu3(5-SSK)2(MEA)4](H2O)2}n,  {[Mn(5-SSK)2](MEA)(H2O)}n, [Co(H2O)6](5-SSK)2•2H2O va {[Co(H2O)4(5-SSK)]}n  tarkibli koordinatsion birikmalarni fazoviy tuzilishi, barcha kristallografik kattaliklari, hamda individualligiga asoslanib, mos ravishda Kembrij kristallografik maʼlumotlar bazasida №2407466 (dipozit sanasi 04.12.2024), №2384144 (dipozit sanasi 14.09.2024), №2384143 (dipozit sanasi 16.09.2024), №2384145 (dipozit sanasi 14.09.2024), va №2407467 (dipozit sanasi 04.12.2024) dipozit raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Natijada ushbu birikmalarni sintez qilish va tuzilish ma’lumotlaridan butun dunyo olimlari foydalanish imkoniyatiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish