Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshbekova Guljaxon G‘ofur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Juglans regia L. ning  Agrobacterium tumefaciens ga chidamli mahalliy formalarini tanlash va mikroklonal ko‘paytirish”, 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V999.
Ilmiy rahbar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/14.07.2022.B/Qx.10.06.
Rasmiy opponentlar: Singapur Milliy universiteti, Temasek hayot fanlari laboratoriyasi ilmiy xodimi, b.f.d. Shapulatov Umidjon Muxammedovich; O‘z RFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.f.d. Qosimov Diyorbek Ilhom o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Juglans regia L.ning xorijiy navlari plantatsiyalaridan ajratilgan Agrobacterium tumefaciens ning  virulent  izolyatlari yordamida bakterial rak kasalligiga chidamli mahalliy nav va formalarni tanlash hamda ularni mikroklonal usulda ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Samarqand viloyati misolida, J. regia L. ning xorijiy navlari asosida yaratilgan plantatsiyalarda bakterial rak kasalligining rivojlanish dinamikasi skrining qilingan;
J. regia L. ning xorijiy navlari asosida yaratilgan plantatsiyalardagi kasallangan ko‘chatlardan A. tumefaciens izolyatlari ajratib olingan, ajratilgan izolyatlarning 63 tasi virulent va 27 tasi novirulentlik ekanligi aniqlanib, yuqori virulentlik namoyon etgan izolyatlarning ushbu xususiyatlari zamonaviy molekulyar-genetik usullar yordamida isbotlangan;
ilk bor, J. regia L. mahalliy genotiplarining A. tumefaciens ga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish orqali mikroklonal ko‘paytirish uchun istiqbolli obektlar sifatida  Ideal navi, PDM23 va 202YaKT formalari tanlab olingan;
A. tumefaciens ga chidamli nav va formalarni in vitro sharoitda mikroklonal ko‘paytirishning optimal sharoitlari tanlangan va ishlab chiqarish sharoitida sinovdan o‘tkazilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. J.regia L.ning  A.tumefaciens ga chidamli mahalliy formalarini tanlash va mikroklonal ko‘paytirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikroklonal ko‘paytirishning klonlash bosqichida 1.5 mg/l BAP bilan taʼminlangan DKW oziqasiga qo‘shimcha ravishda 0.4 mM konsentratsiyada floroglusinol qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar  SAG-AGRO MChJ Bog‘bon in vitro laboratoriyasida grek yong‘og‘ining A. tumefaciens bakteriyasiga chidamli bo‘lgan mahalliy Ideal navi va PDM23 formalarini ko‘paytirish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 28-maydagi 05/06-02-381 sonli maʼlumotnomasi). Natijada oziqa muhitiga tarkibiga kiritilgan floroglusionolning eksplantlarning yangi mikronovdalar hosil qilish xususiyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi orqali Ideal navida nazorat variantiga nisbatan 11.2%, PDM23 formasida 17.9% qo‘shimcha samaradorlikka erishish imkonini bergan;
mikroklonal ko‘paytirish jarayoni ildizlash bosqichida  6.0 mg/l IBK bilan taʼminlangan, 1/2 miqdorida mineral tuzlar tutgan DKW oziqasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar  SAG-AGRO MChJ Bog‘bon in vitro laboratoriyasida grek yong‘og‘ining A. tumefaciens bakteriyasiga chidamli mahalliy Ideal navi va PDM23 formasini ko‘paytirish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 28-maydagi 05/06-02-381 sonli maʼlumotnomasi). Natijada, eksplantlarda ildiz hosil qilish jarayoni yaxshilanishi orqali Ideal navida nazorat variantiga nisbatan 15.5%, PDM23 formasida 20.3% qo‘shimcha samaradorlikka erishish imkonini bergan;
eksplantlarini issiqxona sharoitida iqlimlashtirish bosqichida 1:2:1 nisbatda torf, vermikulit va perlit aralashmasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar SAG-AGRO MChJ Bog‘bon in vitro laboratoriyasi issiqxonasida Ideal navi va PDM23 formasi eksplantlarini iqlimlashtirish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 28-maydagi 05/06-02-381 sonli maʼlumotnomasi). Natijada, iqlimlashtirish bosqichida ko‘chatlarning omon qolish ko‘rsatkichi oshishi orqali nazorat variantiga nisbatan 36.5% qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish