Imomov Muhiddin Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
           Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston  iqlimi  sharoitida  kichik  bog‘larni loyihalashning  me’moriy  asoslari” 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaftlar arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi.
      Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/A101
      Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universiteti.
      IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand      
Davlat arxitektura-qurilish universiteti, PhD.26/26.01. 2023. A 109.05
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, Arxitektura fanlari doktori, professor.
      Rasmiy opponentlar: Adilov Zafarjon Himmatovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Mustaev Baxrom Baxodirovich, arx.f.b.f.d. (PhD), dotsent
      Yetakchi tashkilot: O‘zshaharsozlik LITI DM
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston milliy bunyodkorlik qadriyatlariga xos bo‘lgan, biroq shu choqqacha ilmiy jihatdan kam o‘rganilgan sohalardan biri kichik bog‘larni Respublikamiz sharoitiga moslab loyihalashning me’moriy dasturi va arxitekturaviy landshaft tamoyillarini ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
     - kichik bog‘lar tushunchasiga aniqlik kiritilgan;
     - kichik bog‘larning tarixiy va zamonaviy tasnif-tizimi va tipologiyasi yara-tilgan;
     - kichik bog‘larni loyihalashning zamonaviy yo‘nalishlari aniqlanib, ularga “Zamonaviy ekologik bog‘lar” va ularning turlari (loyihalanayotgan joy tabiatining bir qismi tarzida yaratilgan kichik bog‘lar, loyihalanayotgan bino muhandislik tizimining bir qismi sifatida shakllantirilgan moʻjaz bog‘lar,yashil arxitektura tarzida, yaʼni bino va bog‘ mushtarakligida yaratilgan kichik bog‘lar) hamda “ Art-landshaftlar” va ularning turlari kiritilgan;
    - kichik bog‘larni loyihalashda qo‘llaniladigan landshaft kompozisiyalarining turlari takomillashtirilgan;
    - kichik bog‘larni me’moriy landshaft loyihalashda qo‘llaniladigan tabiiy va sun’iy vositalar tarkibi takomillashtirilgan.Tabiiy vositalarga  o‘simliklar, suv hav-zalari, tabiiy relef elementlari, tabiiy toshlar, parrandalar, qushlar va baliqlar dun-yosi kiritilgan. Sun’iy vositalarga er relefi bilan bog‘liq qurilmalar, geoplastik kompozisiyalar suv qurilmalari, er to‘shamalari, moʻjaz milliy me’moriy shakl-lar, xalq amaliy san’ati elementlari va landshaftni nurli-rangli yorug‘-lantirish  qurilmalari kiritilgan.

IV. O‘zbekiston iqlimi sharoitida kichik bog‘larni yaratishning me’moriy asoslari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
       Kichik bog‘larning me’moriy-rejaviy echimini shakllantirish bog‘ uchun ajra-tilgan hududning holatiga bog‘ning qanday funksiyaga mo‘ljallanganligiga, uning hududini funksional zonalarga bo‘lish va bu zonalarga mos tarzda bog‘larning rejaviy elementlarini aniqlashga bog‘liqligi, eng asosiy masala bog‘ning badiiy me’moriy-landshaft echimini topish va shakllantirish ekanligi, bog‘ rejasini aniq-lovchi asosiy tabiiy omil bu hudud relefi ekanligi, bog‘ landshaftini shakllan-tiruvchi asosiy komponent bu bog‘ o‘simliklari ekanligi haqidagi muallif xulosalari hamda kichik bog‘larni loyihalash bo‘yicha ishlab chiqilgan 16 ta qoidadan iborat me’moriy dasturdan Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Termiz va Navoiy shaharlarida obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respub-likasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 16-yanvardagi 08-06/441-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik bog‘larni me’moriy – landshaft shakllantirishda muallif tomonidan ishlab chiqilgan 16 ta qoidadan iborat me’-moriy dasturdan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
       O‘zbekiston iqlimi sharoitida kichik bog‘larni me’moriy-landshaft shakllan-tirishda tavsiya etilgan o‘simliklar: daraxtlardan (yaproq bargli daraxtlarga gin-kgo biloba, kashtan turlari, qayrag‘och turlari, gledichiya, sofora, aylant, oq akat-siya, maklyura va boshqalar; Igna bargli daraxtlardan metasekvoyya, biota, virgin archasi, eldor qarag‘ayi, sarv va boshqalar); butalardan (amorfa, yulg‘un, qandim, cherkez, qum akatsiyasi, ligustrum, gibiskus, shilvi, forzisiya, totim, drok, naʼmatak); lianalardan (O‘zbekistonda amur toki, yapon toki, beshbargli devichiy vinograd, xitoy glisiniyasi, yapon jimolisti, jimolost kaprifol, klematis, plyush, tekoma va boshqalar); gullardan (romashka (moychechak), hamisha bahor, narsiss, gvozdika tureskaya, iris, sinniya, astra, petuniya, pelargoniya, bazi-lik fioletoviy "Tyomniy opal ", begoniya grasilis, margarita mnogoletnaya, nasta-rin, guli rano, nilufar, rudbika, atirgullarning bir nechta turlari va xrizantema kabilar); eryopar o‘simliklardan (“gilam” ko‘rinishli o‘simliklar timyan, ochitok) lar tanlanishining maqsadga muvofiq ekanligi, haqidagi tadqiqot natijalaridan Samarqand, Navoiy va Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 16-yanvardagi 08-06/441-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston sharoitida kichik bog‘larni me’moriy-landshaft tashkillashtirishda milliy an’analarimizga asoslangan daraxtlar, butalar, lianalar va eryopar o‘sim-liklarni tanlash ishlarida samarali natijalarga erishilgan;
       Kichik bog‘lar landshaft dizaynining asosiy obekti hisoblanishi, kichik bog‘ deganda landshaft dizayni vositalaridan foydalanib shakllantirilgan, jamoat va turar joy binolari hovlilari hamda rekreatsion obektlar hududida joylashgan, hududi jihatidan cheklangan bog‘lar tushunilishi, kichik bog‘lar hududi O‘zbekistonda, odatda 0,2 gektardan to 1–2 gektargacha, ayrim hollarda esa 5 gektargacha bo‘lishi mumkinligi, ularning hududi 20 sotokgacha bo‘lsa, ular moʻjaz bog‘lar deb ata-lishi, kichik bog‘larga, odatda, turarjoy hovlilari, ofislar, mehmonxona kompleks-lari, supermarketlar, sanatoriyalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, lisey va kollejlar va boshqa muassasalarning hududlarida me’moriy-landshaft vositalari asosida tashkillashtirilgan bog‘larning kiritilishi haqidagi muallif xulosa-laridan Samarqand va  Navoiy  shahar obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatida foydalanilgan (“O‘ZShAHARSOZLIK LITI” davlat muassasasining   2023 yil 21-dekabrdagi 1-01/1511- sonli dalolatnomasi). Natijada kichik bog‘larni shakllan-tirishda ularning hududiy chegaralarini, o‘lchamlarini va er maydonini aniqlash, ularni ko‘p funksiyali istirohat bog‘laridan farqlash, ijtimoiy muassasalar hovlilari-dagi kichik bog‘larni yaratish ishlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish