Yusupov Abdisalim Bobomurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Peschanoe va Taushan konlari oltin ma’danlarining mineralogiyasi (Markaziy Qizilqum)”, 04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/GM209.
Ilmiy rahbar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DM huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Tangirov Abdimutal Isamitdinovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Peschanoe va Taushan konlaridagi oltin ma’danlashuvining moddiy tarkibi, mineral paragenezislari va ulardagi asosiy minerallarning tipomorf xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Peschanoe va Taushan konlaridagi oltin ma’danlashuvining mineralogik xususiyatlari aniqlangan va ularning mahsuldor mineral assotsiatsiyalari ajratilgan;
mineral tarkibi va ularing tipomorf xususiyatlariga ko‘ra Taushan koni ma’danlashuvi ma’dan hosil bo‘lishning nisbatan erta, Peschanoe koni esa - o‘rta va kechki bosqichlariga xos ekanligi aniqlangan;
ilk bor Peschanoe va Taushan konlarining oltin ma’danlari tarkibida ushbu konlar uchun bir qator yangi minerallar aniqlanib,  ularning o‘ziga xos belgilari ajratilgan;
ma’danlarda oltin va unga hamroh elementlarning geokimyoviy tarqalish xususiyatlari hamda mineralogik tarkiblari o‘zaro taqqoslanib oltin ma’danlashuvining qidiruv belgilari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Peschanoe va Taushan konlarining oltin ma’danlashuvining mineralogiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Quljuqtov va Auminza tog‘laridagi Taushan va Peschanoe konlari oltin ma’danlari makro- va mikromineral tarkibi, turlari va mineral paragenezislari bo‘yicha xulosalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 12 martdagi 08-0923-son ma’lumotnomasi). Natijada, qidiruv ishlarida ma’dan turlarining batafsil mineral tarkibini aniqlashga imkon bergan;
Peschanoe va Taushan konlari ma’danlashuv zonalarida oltin va unga hamroh elementlarning uchrash shakllari va tarqalish xususiyatlari bo‘yicha xulosalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 12 martdagi 08-0923-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin ma’danlarini turlarga ajratishda va ular namoyon bo‘lgan maydonlar chegaralariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
tadqiqot maydonlarida ajratilgan mineralogik va geokimyoviy qidiruv-bashoratlash belgilari to‘plami “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 12 martdagi 08-0923-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quljuqtov va Auminza tog‘larida olib borilayotgan qidiruv ishlari amaliyotida oltin ma’danlashuviga istiqbolli maydonlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish