Murodullaev Baxtiyor To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Takroriy ekin ekiladigan hududlarda geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4421.
Ilmiy rahbar: Ibroxim Xabibullaev, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Daliev Sherzod Karshievich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takroriy ekin ekiladigan maydonlarda sug‘orish rejimlarni hisobga olgan holda er osti suvlari sathi o‘zgarishini bashorat qilish uchun matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish hamda uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘orish natijasida er osti suvlari sathining o‘zgarishini va suvli qatlam balans elementlarining ta’sir omillarini tavsiflovchi geofiltratsiya jarayonlarining matematik modeli takomillashtirilgan;
aeratsiya hududini to‘yinishi va takroriy ekinlarni sug‘orish rejimining o‘zgarishi natijasida suvlarini tarqalishi, er osti suvlari sathiga tutashishi hamda qatlamining to‘yinib borish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
gidrogeologik bog‘langan suvli qatlamlarning geofiltratsiya va geomigratsiya jarayonlarining matematik modeli va sonli echimlari hamda samarali algoritmlari ishlab chiqilgan;
takroriy ekin ekiladigan maydonlarning fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan modelning koeffisientlarini umumiy vaqt integratsiyasida har qadamda yangilab boruvchi hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takroriy ekin ekiladigan hududlarda er osti va er usti suvlarini birgalikda hamda o‘zaro bog‘liqliqdagi geofiltratsiyasi jarayonlarining matematik modellari, shuningdek samarali sonli hisoblash algoritmlari asosida:
sug‘orish natijasida er osti suvlari sathining o‘zgarishini va suvli qatlam balans elementlarining ta’sir omillarini tavsiflovchi geofiltratsiya jarayonlarining takomillashtirilgan matematik modeli hamda aeratsiya hududini to‘yinib borish jarayonining matematik modeli “Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi nasos stansiyalari va energetik boshqarmasi” da joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 05/13-4053-son ma’lumotnomasi). Natijada murakkab gidrogeologik va suv tanqisligi sharoitida er osti gidrosferasi monitoringini yuritish, suv ta’minotida meliorativ samaradorlikni 4-7% ko‘targan; er osti suvi sathini me’yorda saqlash chora-tadbirlari asosida qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining 2-5% o‘sishiga imkon yaratgan;
gidrogeologik bog‘langan suvli qatlamlarning geofiltratsiya va geomigratsiya jarayonlari matematik modelini amalga oshirish sonli echimlari va samarali algoritmlari hamda ishlab chiqilgan modelning koeffisientlarini umumiy vaqt integratsiyasida har qadamda hisoblash algoritmi va dasturiy majmiyi asosida “Kasbi irrigatsiya bo‘limi” da joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 05/13-4053-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilishi er osti gidrosferasida suv xo‘jalik sharoitlarining o‘zgarish holati, monitoring va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish