Yuldashova Nilufar Ziyabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida agroservis xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari”, 08.00.05 –“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”, 08.00.04 –“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt 1784.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Anvar Nematovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mardonov Baxodir  Baxronovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Raqamli iqtisodiyot sharoitida agroservis xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
        agroservis xizmatlari bo‘yicha olimlarining olib borilgan tadqiqotlarini o‘rganib, taraqqiyot strategiyasi talablariga mos “agroservis sohasida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar”, “agroservis xizmatlari”, “agroservis sohasi samaradorligi”, “agroservis sohasi rentabelligi” tushunchalarining ta’riflari takomillashtirilgan;
         raqamli iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib, agroservisda xizmat ko‘rsatuvchi korxonlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimlashtirilgan va ularga ta’sir qiluvchi omillarning funksional bog‘liqligini inobatga olib, aniqlash yo‘llari takomillashtirilgan;
         agroservis xizmatlarini iqtisodiy mazmuni va bajarilish joyiga qarab ilk bor guruhlashtirilgan, ularning hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar takomillashtirilgan;
         agroservis korxonalari soni va agroservis sohasiga kiritiladigan investisiyalarning agroservis xizmatlariga ta’sirini korrelyasion tahlil qilish natijasida, mamlakatimizda agroservis xizmatlarini 2024-2029 yillarga kutiladigan hajmini prognozlash imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroservis xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
         Uslubiy yondashuvga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot sharoitida agroservis xizmatlari samaradorligini oshirishda taraqqiyot strategiyasi talablariga mos “agroservis xizmatlari”, “agroservis sohasi samaradorligi”, “agroservis sohasi rentabelligi” tushunchalarining  takomillashtirilgan ta’riflari ilmiy tavsiyalarda keng yoritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligidan 23.04.2024 yilda № DGU 37152-sonli guvohnoma). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, agroservisda xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarga, ushbu soxada tadkikot ishlarini olib borayotgan izlanuvchilarga, talabalarga  takomillashtirilgan ta’riflar asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan.
         Tadqiqot ishining ilmiy xulosa va nazariy-uslubiy ishlanmalardan viloyatimiz qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘rsatilayotgan agroservis xizmatlarining nazariy asoslarini tadqiq etishda, agroservis xizmatlari samaradorligini hisoblash tizimini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Samarqand viloyat “Agroservis MTP” ma’suliyati cheklangan jamiyati  agroservis xizmatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni o‘rganish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligidan 23.04.2024 yilda № DGU 37152-sonli guvohnoma, 23.04.2024y; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligining 2024 yil 28 may 05/06-02-379-sonli ma’lumotnomasi, Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 14 noyabrdagi 01/031-1461-sonli ma’lumotnomasi, Samarqand viloyat “Agroservis MTP” ma’suliyati cheklangan jamiyatning 2023 yil 13 noyabrdagi ma’lumotnomasi).
          Agroservis xizmatlari samaradorligini aniqlashda Y = 0,000113156*SKI+30.7015 iqtisodiy jihatdan mazmunga ega bo‘lgan regressiya tenglamasi tuzilib,  mamlakatda agroservis xizmatlari hajmining keyingi olti yillik prognozini ishlab chiqishda foydalanilanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Samarqand viloyat “Agroservis MTP” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan agroservis sohasiga kiritilayotgan investisiyalar hajmini ixtiyoriy foizga oshirish natijasida agroservis xizmatlari hajmini prognozini qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligidan 23.04.2024 yilda № DGU 37152-sonli guvohnoma, 23.04.2024y; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligining 2024 yil 28 may 05/06-02-379-sonli ma’lumotnomasi, Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 14 noyabrdagi 01/031-1461 -sonli ma’lumotnomasi, Samarqand viloyat “Agroservis MTP” ma’suliyati cheklangan jamiyatning 2023 yil 13 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi agroservisning rivojlanishi, agroservisda samaradorlikni oshirishda qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish