Kurbonov Said Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida sug‘urta sohasini rivojlantirish texnolo-giyalari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi dastlab ro‘yxatga olingan raqam: (B2022.4.PhD/Iqt2689) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Ilmiy darajalar beruvchi DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengashi qoshidagi Ilmiy seminar majlisining 1 noyabr 2024 yildagi №1-sonli bayonnomasi bilan mavzu “Raqamli iqtisodiyot sharoitida sug‘urta sohasini rivojlantirish texnolo-giyalari” nomi qayta tasdiqlandi.
Ilmiy rahbar:    Gulyamov Saidaxror Saidaxmadovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:    Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Raxmonov Lochin To‘xtamishovich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot:    O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi biznes jarayonlarni sun’iy intellekt yordamida raqamlashtirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning modernizasiya qiliniyapgan iqtisodiyotini raqam-lashtirish sharoitida sug‘urta bozorini rivojlantirish texnologiyalari bilan bog‘liq asosiy tushunchalar aniqlandi, xususan: “raqamli sug‘urta”, “raqamli sug‘urta texnologiyasi”, “sug‘urtani raqamlashtirish” tushunchalari;
umumiy sug‘urta va hayot sug‘urtasi tarmoqlarida milliy sug‘urta bo-zorini rivojlantirish texnologiyalarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi va tizimlashtirildi – sug‘urta maxsulotlarini sotish va sug‘urta da’volarini rasmiylashtirish;
O‘zbekistonda va xorijda sug‘urta bozorini raqamlashtirishning joriy ho-latini qiyosiy tahlil qilish asosida mamlakatimizda sug‘urta biznesini raqam-lashtirishni yanada rivojlantirishning nazariy va amaliy muammolari aniqlandi – raqamli anderrayting, raqamli sotuvlar, samarali operator va mijozlarga yo‘naltirilgan maketing;
iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida raqamli transformasiyalar orqali sug‘urtalovchilarning mijozlarga e’tiborini oshirishga qaratilgan milliy sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishning asosiy texnologiyalari belgilandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyotda sug‘urta bozorini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilindi, xususan:
iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida raqamli transformasiyalar orqali sug‘urtalovchilarning mijozlarga e’tiborini oshirishga qaratilgan milliy sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishning asosiy texnologiyalari belgilanishi asosida umumiy sug‘urta sohasida sug‘urtalovchilar faoliyatini raqamlashtirish algoritmi “TRAST-INSURANCE” AJda amalga oshirildi (30 noyabr 2023 yil 01/01-910-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan algoritm asosida kompaniya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi. Natijada mehnat unumdorligi 10-15 foizga oshdi va shu bilan birga mijozlar extiyojini qondirish darajasi 67 foizdan 80 foizgacha ko‘tarildi, raqamlashtirish natijasida mijozlarsi szklab qolish (retensiya) va yangi mijozlarni jalb etish natijasida 450 mln. so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish prognoz qilindi.
hayot sug‘urtasi tarmoqlarida milliy sug‘urta bozorini rivojlantirish texnologiyalarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari asosida hayotni sug‘urtalash sohasida sugurta faoliyatini raqamlashtirish modeli “Kafolat Hayot Insurance” AJ sugurta kompaniyasida joriy etildi (30 noyabr` 2023 yil 08/03-286-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur modelni hayotga tatbiq etish natijasida 120 mln. so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish