Gapparov Azim Qayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik va rekreatsiya turizmlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida)”, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam:
B2017.1.PhD\Iqt 29
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyuunovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida ekologik va rekreatsiya turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik va rekreasiya turizmlarining barcha obektlariga boradigan marshrutlari hamda ular o‘rtasidagi masofalar butun Jizzax viloyati bo‘yicha ilk bor aniq belgilash va reklama–brend xaritasiga joylashtirish asosida ichki va xalqaro ekologik va rekreasiya turizmlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari takomillashtirilgan;
Jizzax viloyatidagi ekologik-rekreasiya resurslarini Zomin ekoturizm-rekreasiya, Baxmal ekoturizm-rekreasiya, Haydarko‘l, Nurota tog‘ tizmalari tabiati ekoturizm-rekreasiya, Jizzax tabiiy biologik ekoturizm-rekreasiya hududlari bo‘yicha rayonlashtirish asosida ekologik va rekreasiya turizmini samarali rivojlantirish asoslangan;
Jizzax viloyatida “Etti ota ziyoratgohi” va “Baxmal tog‘idagi mo‘jizalar” mavzularidagi turistik marshrutlarini ishlab chiqish asosida ichki va xalqaro ekologik va rekreasiya turizmini rivojlantirish asoslangan;
Jizzax viloyatida ekologik va rekreasiya turizmini rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish natijasida aholining bandligi, aholi daromadlari, turistlar oqimining o‘sish dinamikasi asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatida ekologik va rekreatsiya turizmlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
Jizzax viloyatida ekologik va rekreasiya turizmlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida
ekologik va rekreasiya turizmlarining barcha obektlariga boradigan marshrutlari hamda ular o‘rtasidagi masofalar butun Jizzax viloyati bo‘yicha ilk bor aniq belgilash va reklama–brend xaritasiga joylashtirish asosida ichki va xalqaro ekologik va rekreasiya turizmlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 17 sentyabrdagi
№03-12-17-6127-sonli, Jizzax viloyati turizm boshqarmasining 2023 yil, 24 noyabrdagi 02-51-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi Jizzax viloyatida yangi turistik marshrutlarini ishlab chiqish asosida ichki va xalqaro ekologik va rekreasiya turizmini rivojlantirish imkonini bergan;
Jizzax viloyatidagi ekologik-rekreasiya resurslarini Zomin ekoturizm-rekreasiya, Baxmal ekoturizm-rekreasiya, Haydarko‘l, Nurota tog‘ tizmalari tabiati ekoturizm-rekreasiya, Jizzax tabiiy biologik ekoturizm-rekreasiya hududlari bo‘yicha rayonlashtirish asosida ekologik va rekreasiya turizmini samarali rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 17 sentyabrdagi №03-12-17-6127-sonli, Jizzax viloyati turizm boshqarmasining 2023 yil, 24 noyabrdagi 02-51-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi turizm sohasida samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlari borasidagi o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish natijalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan.
Jizzax viloyatida “Etti ota ziyoratgohi” va “Baxmal tog‘idagi mo‘jizalar” mavzularidagi turistik marshrutlarini ishlab chiqish asosida ichki va xalqaro ekologik va rekreasiya turizmini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 17 sentyabrdagi №03-12-17-6127-sonli, Jizzax viloyati turizm boshqarmasining 2023 yil, 24 noyabrdagi 02-51-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi Jizzax viloyatida yangi turistik marshrutlarini ishlab chiqish asosida ichki va xalqaro ekologik va rekreasiya turizmini rivojlantirish imkonini bergan;
Jizzax viloyatida ekologik va rekreasiya turizmini rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish natijasida aholining bandligi, aholi daromadlari, turistlar oqimining o‘sish dinamikasi asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 17 sentyabrdagi №03-12-17-6127-sonli, Jizzax viloyati turizm boshqarmasining 2023 yil, 24 noyabrdagi 02-51-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi borasida tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan.