Muxtorova Madina Azamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3979
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fatima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tolipova Baxtigul Farxodovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oziq-ovqat sanoatining tashkiliy va iqtisodiy holatini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish orqali asoslangan;
Oziq-ovqat sanoatida chekli resurslar (qo‘shimcha: kapital ( ), mehnat ( ), asosiy fondlar ( ) va innovatsion faoliyat ( ))ning iqtisodiy samaradorligini kopmleks baholash (  ) chegaraviy mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
Oziq-ovqat sanoatini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish mexanizmi “xom ashyoning nobarqarorligi (mavsumiyligi)” ( ), “mahsulotlarni saqlash muddatining qisqaligi” ( ), “mahsulot turining ko‘pligi va bunga bo‘lgan talabning kuchliligi”  ( ) va “mahsulot sifati ko‘proq xom ashyoga bog‘liqligi” ( )ni me’yorlari chegarasida yuqori samaraga erishishi asoslangan;
O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatining tashkiliy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oziq-ovqat sanoatining tashkiliy va iqtisodiy holatini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish orqali asoslangan ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2024 yil 10 iyundagi 02-51-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishini statistik tahlil qilish natijalari samarasining 1,7 foizga oshishiga olib kelgan;
Oziq-ovqat sanoatida chekli resurslar (qo‘shimcha: kapital ( ), mehnat ( ), asosiy fondlar ( ) va innovatsion faoliyat ( ))ning iqtisodiy samaradorligini kopmleks baholash (  ) chegaraviy mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2024 yil 10 iyundagi 02-51-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati tashkiliy-iqtisodiy holati va resurslar qo‘shimcha o‘sish sur’atining iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari aniqlilik darajasining 1,1 baravarga oshishiga erishilgan;
Oziq-ovqat sanoatini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish mexanizmi “xom ashyoning nobarqarorligi (mavsumiyligi)” ( ), “mahsulotlarni saqlash muddatining qisqaligi” ( ), “mahsulot turining ko‘pligi va bunga bo‘lgan talabning kuchliligi”  ( ) va “mahsulot sifati ko‘proq xom ashyoga bog‘liqligi” ( )ni me’yorlari chegarasida yuqori samaraga erishishi asoslangan va O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2024 yil 10 iyundagi 02-51-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatining tashkiliy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2024 yil 10 iyundagi 02-51-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish amaliyotining takomillashishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish