Amonov Muhsin Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Ekoturizmni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlarning g‘oyaviy targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirish zaruriyati, 09.00.05- Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal922
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekoturizmni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlarning konstruktiv ahamiyatini ochib berish va uning g‘oyaviy targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda mahalliy aholining etnografik madaniyati, urf-odatlari, yashash tarzi va ularni o‘z hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ishtiroki, tabiat haqida ma’lum bir bilimga ega bo‘lish singari o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zaruriyati mantiqiy isbotlangan;
g‘oyaviy targ‘ibot texnologiyalarning ekoturizmni rivojlantirishda hududning tabiiy hususiyatlarini hisobga olgan holda differensial tarzda yondashish zarurligi va uning regulyativ ta’siri ilmiy asoslangan;
ekoturizmni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida tabiiy atrof-muhit barqarorligi bilan bog‘liq milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda mahalliy aholining urf-odatlarini, madaniyatini ommalashtirishga asoslangan ta’sirchan reklamalardan foydalanish bugungi zamonaviy texnologiyalar davrida birlamchi omil ekanligi dalillangan;
O‘zbekistonda zamonaviy ekoturizmni boshqarishda ijtimoiy tarmoqlar sohasidagi texnologik ta’sir kuchini baholash mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda mahalliy aholining etnografik madaniyati, urf-odatlari, yashash tarzi va ularni o‘z hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ishtiroki, tabiat haqida ma’lum bir bilimga ega bo‘lish singari o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zaruriyatiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsatsiyasi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2023-yilga mo‘ljallangan “Ko‘hna va navqiron Navbahor tarixdan so‘zlaydi” nomli 05-/181 raqamli  amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsatsiyasi Navoiy viloyati bo‘linmasining 2024-yil 2-maydagi 05-08/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy tarmoqlarning ekoturizmni rivojlantirishdagi g‘oyaviy targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
    g‘oyaviy targ‘ibot texnologiyalarning ekoturizmni rivojlantirishda hududning tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda differensial tarzda yondashish zarurligi va uning regulyativ ta’siri ilmiy asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda va 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda hamda “Turizmni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2024-yil 17-apreldagi 03-12-17-2355-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika aholisining turizm ichki imkoniyatlari, ayniqsa, ekoturizmni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirishda, shuningdek, shaxs ekologik huquqiy ongini yuksaltirish orqali ekoturizmdan oqilona foydalanish hissini shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
    ekoturizmni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida tabiiy atrof-muhit barqarorligi bilan bog‘liq milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda mahalliy aholining urf-odatlarini, madaniyatini ommalashtirishga asoslangan ta’sirchan reklamalardan foydalanish bugungi zamonaviy texnologiyalar davrida birlamchi omil ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” nomli IX yo‘nalishida belgilangan “Aholi, ayniqsa yosh avlodda atrof-muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarini kuchaytirish” mavzusidagi 49-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-mana’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 7-maydagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazning tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarini kuchaytirish bilan bog‘liq targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda zamonaviy ekoturizmni boshqarishda ijtimoiy tarmoqlar sohasidagi texnologik ta’sir kuchini baholash mezonlariga doir ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” tomonidan 2024-yil 9-mayda efirga uzatilgan “Jarayon” eshittirishining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 7-maydagi 04-35-619-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi fuqarolar, ayniqsa, yosh avlod ongida tabiatga va uning resurslariga  nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish